Qishda bolani to‘g‘ri kiyintirish qoidalari
Qish faslida shamollash kasalliklarining oldini olishda bolaning qanday kiyinganligi katta ahamiyatga ega. Farzandingizning sog‘lig‘i to‘g‘ri tanlangan kiyimga ham bog‘liq.
Foto: “Detstrana.ru”Bolani ko‘chadagi ob-havodan kelib chiqib kiyintirish lozim. O‘zbekistonda qishdagi haroratni quyidagi diapazonlarga bo‘lish mumkin:
5 daraja iliq — 5 daraja sovuq: bunday haroratda bolaning kiyimi sinteponli korjoma(kombinezon), kolgotka, uzun yengli futbolka, jun patakli issiq poyabzal, ip gazlamali paypoq, issiq qo‘lqop va jun qalpoqdan iborat bo‘lishi lozim.
5 — 10 daraja sovuq: bolaga yuqoridagi kiyimlarga qo‘shimcha ravishda sintetika yoki ip gazlamadan bo‘lgan vodolazka, yupqa paypoq ustidan esa yana jun paypoq ham kiydirish zarur.
10 — 15 daraja sovuq: bunday havoda bolaning ustki kiyimi kapyushonli tivit(puxovoy)kombinezondan iborat bo‘lishi kerak. Issiq poyabzalni etikka almashtiring, qo‘lqopning ham qalinini kiydiring.
Bolani ob-havoga moslab kiyintirgan bo‘lsangiz-da, ko‘chaga chiqqanda uning ahvolidan xabardor bo‘lib turing, toki u qizib yoki sovib ketmasin.
Agar:
- bola sovuqdan shikoyat qilmasa;
- yuzlari qizargan bo‘lsa(demak qon aylanyapti);
- orqasi, qo‘l panjasi salqin bo‘lib, muzdek bo‘lmasa;
- yuzi va burni salqin bo‘lib, muzdek bo‘lmasa — bolaning ahvoli joyida demakdir.
- bolaning yuzi oqarib, burni qizarsa;
- bo‘yni, qanshari, qo‘l panjasining tepa qismi sovuq bo‘lsa;
- bola sovuqdan shikoyat qilsa — demak u sovuq yegan.
- bolaning qo‘llari va oyoqlari issiq bo‘ladi;
- bo‘yni va orqasi nam va issiq bo‘ladi;
- 8 daraja sovuq payti ham bolaning yuzi issiq bo‘ladi.
Manba