Bolaga o‘qishni qanday o‘rgatish mumkin?
O'qildi: 309
Maktabgacha yoshdagi bolalarni ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirmasdan kitob o‘qishga o‘rgatish juda muhim hisoblanadi.
Foto: FlickrKitob o‘qish madaniyati va an’analari bo‘lgan oilada bolalarning o‘zlari kitobga talpinadi. Faqat foydali bo‘lgani uchun emas, balki sizga aynan huzur bag‘ishlagani uchun o‘qing.
Birgalikda o‘qing va muhokama qiling
Siz ovoz chiqarib o‘qing, keyin esa bola bilan birgalikda rasmlarni tomosha qiling: “Bu yerda nima chizilgan?Mushukning quloqlarini ko‘rsat-chi?Uning yonida nima turibdi?”. Kattaroq bolalarga qiyinroq savollar berishingiz mumkin: “U nima uchun shunday qildi?Sen nima deb o‘ylaysan, keyin nima bo‘ladi?”.Osonidan qiyiniga qarab boring
Tovushlardan boshlang, keyin bo‘g‘inlarga o‘ting. Takrorlanadigan bo‘g‘inlardan tuzilgan so‘zlar birinchi so‘zlar bo‘lsin: bo-bo, mo-mo. Ulardan keyin qiyinroq so‘z birikmalariga o‘ting: no-n, to-m, to-g‘.Harflar hamma joyda borligini ko‘rsating
O‘yin o‘ynang. Bola uyda va ko‘chada o‘zini o‘rab turgan harflarni topsin. Bular do‘konlar nomi, ma’lumotlar stendlaridagi va boshqa yozuvlar bo‘lishi mumkin.O‘ynang
Va yana o‘ynang. Harfli va bo‘g‘inli kubiklarni birlashtirib so‘zlar tuzing. Boladan do‘kon peshtoqidagi yoki mahsulot o‘ramidagi yozuvlarni o‘qishini iltimos qiling.Mashg‘ulotlar uchun har qanday imkoniyatlardan foydalaning
Poliklinikada navbatda turibsizmi yoki biror joyga borayapsizmi, rasmli kitoblarni chiqaring va bolaga birga o‘qishni taklif qiling.Majbur qilmang
Bu eng muhimidir. Farzandingizdan uning bolaligini tortib olmang. O‘rgatish jarayoni majburlash va ko‘z yoshlari orqali bo‘lmasligi kerak.Manba: “Woman.ru”
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.