Salomatlik Bolalar Maktabga ryukzakni qanday tanlash kerak? Ota-onalarga maslahatlar

Maktabga ryukzakni qanday tanlash kerak? Ota-onalarga maslahatlar

O'qildi: 331


Maktabga ryukzakni qanday tanlash kerak? Ota-onalarga maslahatlar

Yaqin kunlarda ota-onalar o‘zlarining maktab bolalari uchun mukammal sumka izlay boshlaydi. Bahosi, sifati, tashqi ko‘rinishi – bularning hammasi shubhasiz tanlashda muhim belgilar bo‘lib xizmat qiladi. Lekin mutaxassislar, eng asosiysi sumkalar farzandingiz sog‘lig‘i uchun xavfsiz bo‘lishi kerak deb hisoblaydi.

Foto: Getty Images

Bu maktab qurolini qanday qilib to‘g‘ri tanlash va tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Maktab sumkalarining turlari

Maktab sumkalarining uch asosiy turlari bo‘ladi: portfel, quti-sumka va yumshoq ryukzak.

Portfelda yelkalar uchun tasmalar ko‘zda tutilmagan, shuning uchun bola uni qo‘lda ko‘tarishi kerak. Bu kichik yoshdagi maktab bolalari uchun bunday sumkalar mos kelmasligini bildiradi.

Quti-sumka va ryukzak bilan vaziyat butunlay boshqacha. Butun ustki qismiga qo‘yilgan plastik qo‘shimchalar tufayli quti-sumkaning korpusi juda qattiq bo‘ladi. Shu vaqtning o‘zida yumshoq ryukzakning faqat orqa tomonini qattiq qilib yasashadi. Qattiq korpus bolalar gavdasiga foydali bo‘lgani uchun ortopedlar kichik yoshdagi maktab bolalariga quti-sumka yoki qattiq ryukzak olishni tavsiya qilishadi.

Tasmalariga e’tibor bering

Bola uchun sumkaning qulayligi aynan tasmalariga bog‘liq. Eng qulay variant - S-ko‘rinishdagi, 6-7 sm kenglikda bo‘lgan, yumshoq va formada ushlab turuvchi yelka tasmalari.

Orqasi va tasmalarining qoplamasi to‘rli havo o‘tkazuvchan matodan qilingan bo‘lishi kerak. Bu maktab bolasining orqasini issiq ob-havoda terlab ketishidan saqlaydi.

Sumkaning og‘irligi qancha bo‘lishi kerak?

Bo‘sh sumkaning eng maqbul og‘irligi 1 kg gacha, to‘ldirilgan sumkaning yo‘l qo‘yiladigan og‘irligi esa – bola tanasi massasining 10—12 foizidan oshmasligi kerak.

Maktab bolasining yoshiga qarab to‘ldirilgan sumkaning og‘irlik ko‘rsatkichlari taxminan shunday bo‘ladi:

  • 6—8 yosh — 2 kg gacha,
  • 9—13 yosh — 3 kg gacha,
  • 14 yosh — 5 kg gacha,
  • 15—16 yosh — 6 kg gacha.
Manba: Woman’s Day




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.