Salomatlik Salomatlik Idish yuvish uchun mo‘ljallangan gubkani qancha vaqt ishlatish mumkin?

Idish yuvish uchun mo‘ljallangan gubkani qancha vaqt ishlatish mumkin?

O'qildi: 301


Idish yuvish uchun mo‘ljallangan gubkani qancha vaqt ishlatish mumkin?

Germaniyaning Gisen universiteti mutaxassislari eski gubkani ishlatish qaysi nuqtadan boshlab sog‘liq uchun xavfli bo‘lishini aniqladi.

Foto: Pinterest

Mutaxassislar bir haftadan ko‘proq vaqt davomida ishlatilgan gubkalarning bakteriologik tarkibini o‘rganishdi. Olimlar bakteriyalarning 5 ta turini topdi. Ular orasida organizmning zaharlanishiga olib keladigan mikroorganizmlar, pnevmoniya, meningit, LOR kasalliklari va obstruktiv bronxit bor.

Tadqiqotchilar gubkaning g‘ovakli tuzilishida yog‘ va bakteriyalar bilan oziqlanadigan hamda butun koloniyalarni rivojlantiradigan kichik oziq-ovqat zarralari to‘planib, yuvish paytida oshxona idishlariga o‘tishini aniqladi.Shunday qilib, olimlarning fikriga ko‘ra, gubkani ishlatish uchun 7 kun maqbul deb hisoblanadi, lekin undan ortiq emas. Aks holda, yangi gubkalar sotib olishga ozgina pul tejab, sog‘liqqa zarar yetkazish ehtimoli bor.

Mavzuga doir:

  • Ro‘zg‘orda metall gubka qo‘l keladigan holatlar
  • Idish-tovoq yuvadigan gubkadan unumli foydalanishning 11 usuli
  • Uydagi vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak bo‘lgan 10 buyum


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.