Dolchin, lavr yaprog‘i va salomatlikka putur yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa ziravorlar
Ziravorlarsiz taom tayyorlashni tasavvur qilish qiyin. Albatta, savol tug‘ilishi tabiiy, ziravorlar qanday qilib zararli bo‘lishi mumkin?“Lisa.ru” nashri to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis, plastik jarroh Liya Gavasheli bilan birgalikda salomatlik uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ziravorlar ro‘yxatini taqdim etdi.
Foto: “Lisa.ru”Lavr yaprog‘i
Foto: “Lisa.ru”Sho‘rva yoki boshqa suyuq taomlar yanada mazali bo‘lishi uchun lavr yaprog‘i qo‘shiladi. Mazkur ziravor taomga o‘ziga xos lazzat berishi bilan birga, antiseptik va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega, ishtahani ham ochadi. Ammo gastrit, oshqozon yarasi, pankreatit, xoletsistit va oshqozon-ichak traktining boshqa kasalliklari bilan og‘rigan odamlar uchun tavsiya etilmaydi. Shuningdek, lavr yaprog‘i yurak patologiyalari va buyrak kasalliklaridan aziyat chekadiganlar uchun ham mumkin emas.
Dolchin
Foto: “Lisa.ru”Dolchinni mashhur ziravorlar qatoriga qo‘shish mumkin, hatto u ichimliklardan choy hamda qahvaga ham qo‘shiladi. Qolaversa, barcha taomlarga dolchin qo‘shib iste’mol qiladigan odamlar ham bor. Dolchin immunitetni oshiradi, stressdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Shu bilan birga, dolchinni ortiqcha iste’mol qilish qonda shakarni kamaytirishi, qon bosimi darajasini oshirishi va allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Homilador ayollar va 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun dolchin tavsiya etilmaydi.
Zira
Foto: “Lisa.ru”Zira juda foydali xususiyatlarga ega bo‘lib, nafaqat vitamin, balki tanin, efir moylari, kletchatka, hatto spirtni ham o‘z ichiga olgan eng mashhur sharqona ziravorlardan biri. Zira spazm, stressni bartaraf etishga, miya faoliyatini yaxshilashga yordam berishi ma’lum. Shuning uchun uni Alsgeymer kasalligining oldini olish uchun ishlatish tavsiya etiladi. Haddan tashqari ko‘p miqdorda zira iste’mol qilish allergiya, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, gastrit yoki oshqozon yarasining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Qalampir munchoq
Foto: “Lisa.ru”Ushbu ziravorning bir qismi sifatida B guruhi vitaminlari, beta-karotin, kletchatka, efir moylari, C vitamini, magniy, fosfor va kaliyni topish mumkin. Qalampir munchoq yallig‘lanishga qarshi va antiseptik xususiyatlarga ega. Qadim zamonlarda u virus va zamburug‘ga qarshi vosita sifatida ishlatilgan. U spazmlarni yengillashtiradi, immunitetni oshiradi va oshqozon-ichak traktiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ammo bu ziravorning barcha foydali xususiyatlariga qaramay, uni oshqozon-ichak kasalliklarining kuchayishi, allergiyada qo‘llash mumkin emas, chunki uni kuchaytirishi mumkin, ayniqsa, yuqori qon bosimi va homiladorlikda.
Vanil
Foto: “Lisa.ru”Vanilning ta’mi ko‘pchilikka bolalikdan tanish, chunki u barchaning sevimli tvorogli shirinligiga qo‘shiladi. Vanil shirin, yoqimli ta’m va xushbo‘ylik berish uchun uy bekalari tomonidan shirinliklar tayyorlashda tez-tez ishlatiladi. Vanil qo‘shilgan pishiriqlarni tatib ko‘rgan har bir kishi ovqatdan keyin energiya va kayfiyatning yaxshilanganini his qilishi mumkin.
Vanil haqiqatan ham baxt gormonini ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi. Bu nafaqat hissiy holatni, balki asab tizimining umumiy faoliyatini ham yaxshilaydi, tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Vanil yurak-qon tomir tizimi, bo‘g‘imlar, og‘iz bo‘shlig‘i, shuningdek, tirnoq, soch va terining holatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ammo bosh og‘riganda, vanildan foydalanmaslik lozim, chunki u migrenga olib kelishi mumkin. Qolaversa, allergiya, qon kasalliklari va laktatsiya davrida uni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Manba