Nima uchun dafna yaprog‘ini yoqish yoki polni tuz bilan yuvish kerak: uyda mikroiqlimni yaxshilash uchun layfxaklar
Uyda yengil nafas olishni xohlaysizmi?Xonalarda mo‘tadil mikroiqlimni qanday yaratish mumkin?Sunʼiy “yordamchilar”siz havoni yangilashni istaysizmi?Noxush hidlardan va hamma joyda tarqalgan mog‘orlardan qutulishni-chi?Mana sizga foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan baʼzi hayotiy hiylalar.
Nima uchun uyda dafna barglarini yoqish kerak?
“Lavrushka” dunyodagi eng mashhur va eng qadimgi ziravorlardan biridir. Odamlar uzoq vaqtdan beri dafna barglarining yallig‘lanishga qarshi va antioksidant taʼsiri haqida biladi. Dafna yaprog‘i nafaqat taom tayyorlashda uchun, balki dorivor maqsadlarda ham qo‘llaniladi. Dafna yaprog‘i kuyib qolganimizda ham yordam beradi. Xo‘sh, nima uchun “lavrushka”ni uyda yoqish kerak?
Dafna yaprog‘i havoni tozalaydi
Dafna yaprog‘i xonadagi havoni yoqimsiz hidlardan tozalaydi. U, ayniqsa, bir muncha vaqt hech kim yashamagan joylarda paydo bo‘ladigan chirik hid bilan yaxshi kurashadi. Sunʼiy havo spreyi ishlatmoqchi bo‘lmasangiz, dafna yaprog‘idan foydalaning. Buning uchun bir nechta dafna yaprog‘ini oling va ularni olovga qo‘ying. Uy yoqimli yangi hid bilan to‘ladi. Havoni tozalashning ushbu usuli bilan hamisha qo‘llab kelgan odamlar olovdan dafnagacha bo‘lgan hid yengil va ko‘z achishtirmasligini bilishadi. Efir moylari stress va to‘plangan charchoqni yengishga yordam beradi, dafna yaprog‘i odamni tinchlantiradi, uyda nafas olish yengil va qulayroq bo‘ladi.
Uyingizni namlik va mog‘ordan himoya qiladi
Ehtimol, siz nam iqlim sharoitida yashayapsiz yoki uyingiz shunday joyda joylashganki, devorlarda, shiftda, xonalarning burchaklarida mog‘orlanish xavfi yuqori. Maʼlum bo‘lishicha, dafna barglarini yoqqanda ajraladigan tutun bu muammoni yengishga yordam beradi.
Patogen viruslar va mikroblarga qarshi kurashadi
Aynan shu xususiyat “lavrushka”ga ham tegishli. Olovga qo‘yilgan bir nechta dafna barglarining tutuni nafas olish kasalliklari bilan og‘riyotgan bemorlar bo‘lgan uyda infeksiyalar va viruslardan havoni tozalashning yaxshi usulidir. Lavr barglari immunitetni mustahkamlash, uyqusizlikka yordam berish xususiyatiga ega. Bu asab tizimini tinchlantirish uchun yaxshi vosita ham.
Nima uchun polni tuz bilan yuvish kerak?
Ushbu layfxak allergiya bilan og‘riganlar, yosh bolali oilalar, kovid bilan kasallanganlar, shuningdek, uyda hidli sintetik yuvish vositalarini yoqtirmaydigan odamlar uchun ham qo‘l keladi. Bundan tashqari, tuz tozalash vositasi sifatida, uy hayvonlari yashaydigan uy uchun ham foydali, u uy kimyoviy moddalari bilan zaharlanishi mumkin(tuz butun pol bo‘ylab tarqalgan bo‘lsa ham, uy hayvonlari uchun xavfsizdir). Xo‘sh, tuz yordamida yuzalarni yuvish vositalaridan foydalangandek samarali dezinfeksiya qilishini bilasizmi?Nega?Va u qanday ishlaydi?
Tuz yog‘ va kirni yeb ketadi
Gapni tuz eng ekologik toza, xavfsiz va eng muhimi, juda arzon yuvish vositasi ekanligidan boshlaylik. Tuz sirtlarda to‘plangan yog‘ va kirlarni yaxshi korroziyaga olib keladi. Shuning uchun, kimyoviy vositalardan foydalana olmagan vaqtlarda kvartirada pollarni tuz bilan artgan afzal. 5 litrli chelak suvda 4 osh qoshiq tuzni suyultirib, xonani artib chiqing. Uyingizda paydo bo‘ladigan tozalik hididan hayratda qolasiz.
Tuz murakkab dog‘lardan xalos bo‘lishga yordam beradi
Tuzli suv murakkab dog‘larni ketkazadi, zang izlari, shuningdek, qotib qolgan chirklar bilan qattiq kurashadi. Tuzli eritma oz miqdorda sirka bilan aralashtirilganda yaxshi ishlaydi. Bundan tashqari, sho‘r suv qahva, yog‘, sharob, kosmetika vositalaridan qolgan dog‘larni ketkazishda samarali hamdir. Aytishlaricha, sho‘r eritma hatto, porlab turadigan qoplamaga o‘xshaydi: u bilan artilgan sirt ustida kamroq chang to‘planadi!
Tuz ham mog‘or bilan kurashadi
Agar uyda mog‘or paydo bo‘lgan bo‘lsa, bu ofat bilan zudlik bilan kurashishingiz kerak, aks holda, u yanada ko‘payadi. Tuz ham mog‘ordan xalos bo‘lishga yordam beradi. Kutilgan natija uchun eritma sirka kislotasi bilan konsentrlangan bo‘lishi kerak.
Noxush hidlarni yo‘q qiladi
Bu qanday ishlaydi, deb so‘raysizmi?Polni tuzli eritma bilan artganda, sho‘r namlik bug‘lanib, mikroorganizmlarning bir qismini yo‘q qiladi. Buning yordamida havo tozalanadi va uyda tozalik hidi paydo bo‘ladi. Tuzli eritma yoqimsiz hidlarni ketkazadi va havoni yangilaydi. Dengizning hidi qanchalik yoqimli ekanini eslang. Ha, biz ham xuddi shu narsa haqida gapirdik...
Manba