Salomatlik Ayollar uchun Qanday kiyimlarni “tez yuvish rejimi”da yuvish mumkin emas?

Qanday kiyimlarni “tez yuvish rejimi”da yuvish mumkin emas?

O'qildi: 298


Qanday kiyimlarni “tez yuvish rejimi”da yuvish mumkin emas?

“Tez yuvish rejimi” ko‘plab uy bekalarining sevimli dasturi hisoblanadi. Bu rejimda kiyimlarni qisqa vaqt davomida yuvish mumkin va shu bilan birga energiya sarfini kamaytirsa bo‘ladi. Bu ikki sifat elektr energiyasida uzilish holati ko‘p bo‘lsa yanada keraklidir. Biroq bu rejimda hamma narsalarni ham yuvib bo‘lmaydi.

Foto: “Unian lite”

“Tez yuvish rejimi”da qanday kiyimlarni yuvmaslik kerak?

Birinchidan, narsalar juda kir bo‘lsa, ushbu rejimdan foydalanmagan ma’qul. Ushbu dastur past haroratda yuvishni o‘z ichiga oladi, bu esa kir kiyimni yaxshi tozalamasligi mumkin.

Ikkinchidan, choyshablar va sochiqlarni kamida 60 daraja haroratda yuvish lozim. Bu kiyimlardagi mayda zararkunandalardan qutilish uchun kerak. Bundan tashqari, bunday uy-ro‘zg‘or buyumlari juda ko‘p suvni o‘zlashtiradi va baraban ustida bir tekis taqsimlanishi uchun vaqt bo‘lmaydi. Bunday holatda ular kir yuvish mashinasiga zarar yetkazishi mumkin.

Uchinchidan, qo‘lda yoki nozik yuvishni talab qiladigan narsalarni “tez yuvish rejimi”da ehtiyotkorlik bilan yuvmasangiz, bu sevimli narsalaringizga zarar yetkazishi mumkin.  

“Tez yuvish rejimi”da qanday narsalarni yuvish mumkin?Bu rejimda bardoshli va juda iflos bo‘lmagan narsalarni  ideal tarzda yuvish mumkin. Bundan tashqari “tez yuvish rejimi” yoqimsiz hidlarni tezda ketkazish va yangidek holatga keltirishning eng yaxshi varianti hisoblanadi.

Kir yuvish mashinasida qanday kiyimlarni yuvish mumkin emas?

Xo‘sh, kir yuvish mashinasining “tez yuvish rejimi”da prinsipial ravishda qanday kiyimlarni yuvish mumkin emas?

  • suzish kiyimlari va ichki kiyimlar;
  • biserli kiyimlar;
  • tabiiy charmdan bo‘lgan kiyimlar;
  • kepka va shlyalar;
  • ortopedik yostiqlar;
  • yonuvchan moddalarning dog‘lari bo‘lgan narsalar;
  • katta hajmli narsalar(ularni kuch bilan itarishga urinmang).

Qaysi rejimda hamma narsani yuvish yaxshiroq degan savolga javob oddiy emas. Ko‘pchilik “tez yuvish rejimi”ni yoqtiradi, undan foydalanmaslik kerak bo‘lgan holatlar mavjud. Shu bilan birga, zamonaviy kir yuvish mashinalari garderobingizdagi deyarli har bir narsani tozalashga yordam beradigan juda ko‘p imkoniyatlarni taqdim etadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.