Uyda mogʻorlashning oldini olish, agar mogʻor allaqachon paydo boʻlgan boʻlsa, nima qilish kerak?
Yertoʻladagi nam qutilardagi kukunli oq dogʻlar yoki nam devorlardagi qora sporalar uyingizning asosiy dushmanlari hisoblanadi.
Mogʻor namlik taʼsiri ostida boʻlgan har qanday organik sirtda, shamol yaxshi aylanmaydigan, quyosh nurlari toʻgʻridan toʻgʻri tushmaydigan joylarda paydo boʻladi. Uning kam miqdori darhol zarar yetkazmaydi, lekin nazorat qilinmasa, mogʻor koʻpayadi va jiddiy xavf tugʻdiradi. Baʼzilarda allergik holatlar kuzatilishi mumkin.
Mogʻorlashning oldini olish choralari
- Xonada ortiqcha namlikni yoʻqotish uchun havo quritgichni oʻrnating;
- Choyshablar, kitoblar va mebellarni nam podvalda saqlamang;
- Namlik chiqib ketishi uchun hammom eshigini doimo ochiq qoldiring. Vanna suv oʻtkazmasligi uchun har yili kafellar orasidagi grout chiziqlarini yangilash kerak.
Mogʻordan qanday qutulish lozim?
Foto: “Noviy Ochag”Mogʻor allaqachon paydo boʻlganini sezsangiz, undan xalos boʻlishga harakat qilish, hech boʻlmaganda tarqalishni sekinlashtirish mumkin. Quyida mogʻorga qarshi kurashda muhim nyuanslar keltirilgan.
Dush pardasi
Koʻpincha aynan dush pardasida mogʻor paydo boʻladi. Ammo pardani kir mashinada muntazam yuvish orqali buning oldini olsa boʻladi. Suv haroratini eng yuqori darajaga qoʻying va qoʻshimcha tozalash uchun barabanga ikki yoki uchta sochiq qoʻshing. Keyin pardani yaxshilab quriting. Yorliqdagi koʻrsatmalarga muvofiq ish tuting.
Hammomlar
Hammom devorlarida mogʻor paydo boʻlgan boʻlsa, ushbu vositani sinab koʻrish mumkin. Uch stakan xlorli oqartirgichni 3,5 litr suv bilan aralashtiring. Rezina qoʻlqop va koʻzni himoya qilish vositalarini kiying. Aralashmaning boshqa sirtlarga tushmasligiga ishonch hosil qilgan holda, mogʻorni qattiq choʻtka bilan artib olish kerak. Qoʻllashdan bir necha daqiqa oʻtgach, joylarni suv bilan yuvib tashlang va yaxshilab quriting.
Unutib qoldirilgan hoʻl kiyim-kechaklar
Hammomning burchagida tasodifan hoʻl sochiq yoki nam futbolka unutib qoldirilgan, endi ular ustida mogʻor sporalari paydo boʻlgan. Dastavval, buyumni quyoshda quriting va mogʻorni qattiq choʻtka bilan artib koʻring. Keyin uni xlorli oqartirgich bilan yuving, yaxshilab chayib tashlang.
Matraslar yoki yumshoq mebellar
Matras va yumshoq mebellarga qoplangan mogʻordan xalos boʻlish uchun ishni buyumlar sirtini yaxshilab changdan tozalashdan boshlang, soʻng mogʻor sporalari havoga tarqamasligi uchun darhol changyutgich bilan qaytadan tozalang. Keyin matras yoki divanni spirtli eritma(1 stakan iliq suvga 1 stakan spirt)bilan namlangan mato bilan artib oling. Mebelni tozalashdan keyin ham chiriyotgan hid yoki mogʻor dogʻlari saqlanib qolsa, undan xalos boʻlish lozim.
Boʻyalgan devorlar
Eritma yordam beradi: 3,5 litr suvga bir stakan oqartirgichning toʻrtdan uch qismini aralashtiring. Devorga rezina qoʻlqop kiygan holda yumshoq choʻtka bilan surtib chiqing. Soʻng 15 daqiqa kutib, soʻngra joyni suv bilan artib oling. Maʼlum vaqt davomida fen bilan yaxshilab quriting.
Eski kitoblar
Quyoshli kunda ochiq havoda kitob sahifalarini kamida uch soat quriting. Keyin sahifalarni avval quruq mato bilan, keyin esa 1:4 nisbatda xlorli oqartiruvchini suv eritmasiga botirilgan yumshoq mato bilan artib oling. Lozim boʻlsa, takrorlang. Kitobni yana ochiq havoda quritib oling. Jarayonni tezlashtirish uchun isteʼmol sodasini ishlatishingiz mumkin: u ham namlikni oʻziga yaxshi tortib oladi.
Manba