Salomatlik Ayollar uchun Sifatli sochiq tanlashda yordam beradigan 3 ta maslahat

Sifatli sochiq tanlashda yordam beradigan 3 ta maslahat

O'qildi: 310


Sifatli sochiq tanlashda yordam beradigan 3 ta maslahat

Sifatli sochiq namlikni yaxshi o‘zlashtirishi va ushlaganda yoqimli bo‘lishi kerak. Lekin sifat faqat materialga bog‘liq emas. “Lisa.ru” nashri sochiq tanlashda yordam beradigan maslahatlar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Lisa.ru”

Vanna uchun

Tolalar qancha ko‘p bo‘lsa, mahsulotning singdiruvchanligi shunchalik yaxshi bo‘ladi. Sochiq zichligi unda ko‘rsatilgan. O‘rtachasi 350-750 g/kv.m, lekin hammom uchun 500 g/km.m bo‘lishi kerak. Agar sochiq zichlgi kam bo‘lsa, unda u suyuqlikni yaxshi singdirmaydi, lekin tez quriydi. Shuningdek, sochiq  tolalarining uzunligi uning sifatiga ham ta’sir qiladi, vannalar uchun kamida 5 mm uzunlikdagisini tanlash tavsiya etiladi. Juda uzuni ham yaxshi emas, tez eskiradi. Eng yaxshi material tabiiy paxta hisoblanadi. Lekin paxta sochiqlarning ham orasida sifatsizlari bo‘ladi.

Plyaj uchun

Sochiq qanchalik katta bo‘lsa, plyajda yotish qanchalik qulay. Quyoshda toblanish uchun uzun, ammo keng bo‘lmaganlari ham to‘g‘ri keladi. Plyaj sochiqlarining tolasi uzun bo‘lmasligi kerak, shunda ular orasiga qum tiqilib qolmaydi. Ba’zi odamlar tolasiz sochiq sotib oladi, ular tez quriydi, lekin ushlaganda, unchalik yoqimli bo‘lmaydi.

Oshxona uchun

Oshxonada idish-tovoq va qo‘llarni artish uchun sochiq kerak. Bir nechta turlar mavjud, ularning har biri o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega:

Foto: “Lisa.ru”

Momiq — qo‘llar uchun mos, lekin idishlarda tolalarini qoldiradi. Dog‘larni yaxshi tozalamaydi.

Vafli — universal, suyuqlikni o‘zlashtiradi, tez quriydi. Qo‘llar, oshxona anjomlari va pech uchun mos keladi.

Zig‘ir — suvni yaxshi o‘zlashtiradi, shisha ustida tola qoldirmaydi. Faqat dazmollash qiyin, yuqori haroratda yuvish tavsiya etilmaydi.

Sochiq parvarish qilish qoidalari:

  1. Sochiqlarni muntazam ravishda o‘zgartirish kerak: yuz uchun — har kuni, oshxonada — har 3 kunda, hammom — haftada bir marta.
  2. To‘g‘ri quritish — quritkichga burmalar hosil bo‘lmasligi uchun tekis yoyilishi kerak.
  3. Sochiqlarni boshqa kirlar bilan birga saqlamaslik lozim, to‘g‘ridan to‘g‘ri kir yuvish mashinasiga solish lozim. Sochiq boshqa narsalardan hid va kirni o‘zlashtirishi olishi mumkin.
  4. Sochiq yorlig‘idagi parvarish bo‘yicha ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘qish va ularga rioya qilishni unutmaslik lozim.
  5. Oshxona sochiqlarini yiliga uch marta, hammomnikini esa yiliga bir marta butunlay yangilash tavsiya etiladi.


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.