Salomatlik Ayollar uchun Kiyimdagi dog‘lardan xalos bo‘lishning 8 ta tezkor usuli

Kiyimdagi dog‘lardan xalos bo‘lishning 8 ta tezkor usuli

O'qildi: 366


Kiyimdagi dog‘lardan xalos bo‘lishning 8 ta tezkor usuli

Hech qachon garderobdan biror dog‘ tegmagan kiyim topishning iloji bo‘lmasa kerak. Chunki har qanday kiyim kiyilishi mobaynida biror marta bo‘lsa ham bu kabi muammoga duch keladi. Ammo xavotir olishning keragi yo‘q. Marie Claire nashri kiyimdagi dog‘lardan xalos bo‘lishning tezkor usullari bilan bo‘lishdi.

Foto: Marie Claire

Restoranda

Hatto choy, qahva yoki pomidor sousi kabi suyuqliklardan qolgan dog‘ni ham ketkazish mumkin. Ammo mato va dog‘lar turlicha bo‘lgani uchun, albatta, natija kafolatlanmaydi. Qolaversa, dog‘i tozalanmagan kiyimlarni issiq quritgichda quritish mumkin emas. Bu bilan dog‘lar mato tolalari orasiga yaxshiroq singib oladi.

Choy dog‘lari

Agar choy kiyim ustiga to‘kilib ketsa, tashvishlanishga hojat yo‘q. Faqat dog‘ni iloji boricha tezroq sovuq suv bilan yuvib tashlash tavsiya etiladi. Suvni dog‘ ustidan emas, balki orqa tomondan quyishni unutmaslik lozim. Bu bo‘yoqning qanday kirgan bo‘lsa, shunday chiqishiga yordam beradi va butun materialda qolib ketmaydi. Keyin har qanday suyuq yuvish vositasi dog‘ga surtiladi. Kamida besh daqiqa kutiladi. Qurigan dog‘lar taxminan 30 daqiqa davomida sovuq suvda(yuvish vositasi qo‘llangan holda)namlanishi kerak, keyin yuviladi.

Yog‘ dog‘lari

Agar kiyimga yog‘ dog‘lari tekkan bo‘lsa ( masalan, pishirilgan tovuqdan), unga jo‘xori kraxmali sepiladi. Makkajo‘xori kraxmalini bir necha daqiqa davomida yog‘ni so‘rib oladi va yog‘ dog‘i darhol yo‘qoladi. Yog‘ dog‘ini tozalashning yana bir samarali vositasi — bu eshik ovozini yo‘qotish uchun sepiladigan sprey. Sprey dog‘ yuzasiga sepiladi va keyin oz miqdorda idish-tovoq sovuni yoki suyuq kir yuvish vositasi bilan yuviladi, yana 30 daqiqaga qoldiriladi. So‘ngra u kir yuvish mashinasida yuviladi va tabiiy usul bilan bilan quritiladi.

Kesib olish jarayonida

Odatdan qon dog‘ini ketkazish juda qiyinga o‘xshaydi. Biroq vaqtida ishga kirilsa, uni osongina tozalash mumkin. 3 foizli vodorod perekisdan foydalanib, dog‘ yuzasi namlanadi, dog‘ni tozalash uchun sariyog‘ kesadigan pichoq bilan ishqalanadi va yana ko‘p miqdorda vodorod perekis bilan yuviladi. Agar dog‘lar qurib qolguncha tozalashga muvaffaq bo‘lsangiz, ulardan hech qanday iz qolmaydi. Bundan tashqari, kiyimlarni iste’mol sodasi bilan ham tozalash mumkin.

Sayohatdan keyin

Piknik yoki sayohatdan keyin o‘tlardan qolgan dog‘larni ham osongina bartaraf etish mumkin. Buning uchun eski tish cho‘tkasi va oddiy oq tish pastasi kerak bo‘ladi. Dog‘ga oz miqdorda tish pastasi siqib olinadi, so‘ng tish cho‘tkasini toza suvga botirib, dog‘ yuzasi ishqalanadi. Agar kerak bo‘lsa, bu jarayon takrorlanadi.

Lab bo‘yog‘i dog‘lari

Lab bo‘yog‘i tozalash qiyin bo‘lgan moddalardan biri hisoblanadi, bu ranglar va kompozitsiyalarning ko‘pligiga to‘g‘ri keladi. Agar lab bo‘yog‘i kashmir, jun yoki ipakda bo‘lsa, professional tozalashga murojaat qilgan ma’qul. Boshqa matolardan esa dog‘ bir nechta qog‘oz salfetkada artib olinadi, yog‘ni qaytaruvchi xususiyatga ega idish yuvish vositasi dog‘ning orqa qismiga surtiladi. Keyin kiyimning ichki tomoniga aylantiriladi. Toza tish cho‘tkasi bilan dog‘ yuzasi yaxshilab ishqalanadi va kir yuvish mashinasiga solinib, yengil rejimda yuviladi.

Yoqadagi kir

Odatda ko‘p kiyilgan kiyim yoqasidagi kir shampun bilan tozalanadi. Shampun shunchaki yoqaga quyiladi, so‘ngra mato ishqalanadi, 15-30 daqiqa davomida tozalanib, keyin yaxshilab yuviladi. Agar yoqa o‘ta kir bo‘lsa, shampunning yog‘li sochlar uchun mo‘ljallangan versiyasidan foydalanish kerak, chunki u teridan yoqaga o‘tadigan yog‘ va boshqa moddalarni parchalash uchun mo‘ljallangan.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.