Tarelka va stakanlardagi qora chiziqlarni qanday tozalash mumkin?
O'qildi: 229

Tarelka va stakanlardagi qora qalam bilan chizilganga o‘xshaydigan dog‘lar qoshiq, sanchqi va pichoqlar tufayli paydo bo‘ladi. “Noviy ochag” nashri ularni tozalash bo‘yicha layfxaklar bilan bo‘lishdi.
Foto: “Noviy ochag”Aralashma hosil qilish uchun bir necha osh qoshiq iste’mol sodasi suv bilan aralashtiriladi.
Foto: “Noviy ochag”Mikrofiber mato aralashmaga botirilib, idishlar artiladi.
Foto: “Noviy ochag”Ba’zi uy bekalari vazifani osonlashtirish uchun metall gubkadan foydalanishni maslahat beradi. Lekin gubkani qattiq ishqalamaslik kerak, bu idishlardan himoya qatlamini ketkazishi mumkin.
Foto: “Noviy ochag”Natija darhol namoyon bo‘ladi, qora chiziqlar bir zumda yo‘qoladi.
Foto: “Noviy ochag”Jarayon so‘ngida idishlar oddiy suv bilan yaxshilab yuviladi.
Manba
Obuna bo'ling
Yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib boring
Yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib boring
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.