Salomatlik Ayollar uchun Muzlatkichning muzini qanday qilib tezda eritish mumkin va bu nima uchun kerak?

Muzlatkichning muzini qanday qilib tezda eritish mumkin va bu nima uchun kerak?

O'qildi: 414


Muzlatkichning muzini qanday qilib tezda eritish mumkin va bu nima uchun kerak?

Ko‘pchilik hali ham muzlatkichni muzdan tushirish muammosiga duch kelmoqda. “Woman.ru” nashri buning oson usulini ma’lum qildi.

Foto: “Woman.ru”

Aksariyat odamlar muzlatkichni muzdan tushirishni qiyin deb biladi, kimdir qo‘shnilarning uyiga suv oqmasligi uchun butun polni sochiq bilan qoplaydi, boshqalari esa muzlatkichning devorlaridan muzlarni mustaqil ravishda sindirishga harakat qiladi.

O‘z kuzatuvchilariga Renduh nomi bilan ma’lum bo‘lgan tiktoker Renaning aytishicha, ba’zi muzlatkichlar va sovitkichlar o‘z-o‘zini muzdan tushirish tizimi bilan jihozlangan, biroq boshqalarini tashqi ta’sir orqali amalga oshirish kerak.

Avvalo muzlatkichni sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya qilish uchun vaqti-vati bilan muzdan tushirish juda muhim. Bu orqali yoqimsiz hid va qurilmaning ishlashi paytida paydo bo‘ladigan va to‘planadigan juda ko‘p mikroorganizmlardan xalos bo‘lish mumkin.

“Muzlatkich har doim soviganida, unda muz paydo bo‘ladi. Buning sababi shundaki, atmosferadagi namlik bug‘lanishdan muzlaydi. Mayda suv tomchilari havoda muzlab qoladi”, — deya tushuntiradi Rena.

Blogerning aniqlik kiritishicha, agar qurilmaning muzi o‘z-o‘zidan eriyotgan bo‘lsa, ba’zi qismlar sinsa, eshik juda uzoq vaqt ochiq qolsa yoki havo sizib chiqsa, ushbu holat yuzaga keladi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, agar muzlatkichda avtomatik muzdan tushirish funksiyasi bo‘lmasa, unda muzni tabiiy usul bilan eritish kerak: Buning uchun muzlatkich o‘chiriladi va muzi erishi uchun eshiklari ochib qo‘yiladi.

Renaning o‘zi bu borada bug‘ chiqaruvchi qurilmadan foydalanadi. Haqiqatan ham muz ko‘p bo‘lsa, bir necha soat vaqt ketishi mumkin. Ammo blogerning aytishicha, bu hammasi tabiiy erishi uchun bir necha kun kutgandan ko‘ra yaxshiroqdir.

TikTok foydalanuvchilaridan bir qanchasi ham qo‘lda ishlaydigan bug‘ chiqaruvchi qurilma g‘oyasi haqiqatan ham yaxshi ekanini tasdiqladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.