Salomatlik Ayollar uchun Toza asalni qalbakisi bilan adashtirmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Toza asalni qalbakisi bilan adashtirmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

O'qildi: 298


Toza asalni qalbakisi bilan adashtirmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Gul, grechka, apelsin, mango asali — bugungi kunda peshtaxtalarda har qanday turdagi asal sotiladi. Tajribasiz xaridor bu xilma-xillikni qanday tushunishi mumkin? Haqiqiy asalni qanday aniqlasa bo‘ladi?“Lisa.ru” nashri quyida ushbu savollarga javob berdi.

Foto: “Lisa.ru”

Asal vazn kamaytirishni istaydiganlar uchun tavsiya etiladigan mahsulot emas. Shirinlikdan voz kecha olmaydiganlar shakarni shunchaki asal bilan almashtirishi xato. Tabiiy asal 80 foiz uglevodlar — glyukoza, fruktoza, saxarozadan iborat. Bunday parhez bilan vazn yo‘qotish qiyin. Ammo ongli ravishda doimiy sog‘lom ovqatlanish yo‘lga qo‘yilsa, oqilona miqdorda tabiiy asal juda mos keladi, chunki uning tarkibida A, B, C va E vitaminlari, yod, temir va foydali aminokislotalar mavjud.

Asalning eng keng tarqalgan navlari gul asali hisoblanadi. Ular o‘simlikka qarab turlarga bo‘linadi:

Grechka. U, birinchi navbatda, rangi bilan ajralib turadi — to‘q jigarrang. Shuningdek, xushbo‘y hidga ham ega. Ta’mi ham boshqa navlar orasida sezilarli darajada ajralib turadi. U shirin ta’mdan tashqari ma’lum bir o‘tkirlikka ega bo‘lib, u hatto tomoqni achishtirishi ham mumkin.

Kungaboqar. Yorqin sariq rangda bo‘lib, juda tez qorayadi, xantal rangini oladi. Bu asal kungaboqar gullarining yoqimli hidiga ega. U juda tez qalinlashadi, kristallanadi va oq qobiq hosil qiladi. Shu bilan birga, u foydali xususiyatlarini saqlab qoladi.

Akatsiya. Eng chiroyli, deyarli shaffof, ba’zan sarg‘ish-limon rangida bo‘ladi. Sariyog‘ni eslatuvchi shirin nozik ta’mga ega. U juda uzoq vaqt davomida kristallanmaydi, deyarli bir yil davomida shaffof bo‘lib qolishi mumkin.

Turli giyohli. Bunday asal asalarilar tomonidan bir nechta o‘simliklardan yig‘iladi, undagi dominantni ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun shaffofdan to quyuq kahrabo rangigacha farq qilishi mumkin. Bu asalning hidi gul kabidir. Asal mevali yoki rezavorli hid va ta’mga ega bo‘lolmaydi. Bu mahsulotda juda ko‘p qo‘shimcha aralashmalar mavjudligini anglatadi.

Toza asalni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?

Sotuvchilar tomonidan haqiqiy bo‘lmagan asallarni sotish uchun bir nechta hiyla-nayranglar qo‘llanadi.

Sintetik asal. Peshtaxtada bunday mahsulotni ko‘rganda tushunish kerak bo‘lgan asosiy narsa shundaki, unda asal deyarli yo‘q. Unga ishlab chiqarish jarayonida shinni yoki shakar siropiga xushbo‘y va aromatik qo‘shimchalar qo‘shiladi. Natijada asalga o‘xshash massa hosil bo‘ladi, ammo ta’mi butunlay boshqacha bo‘lib, unda foydali moddalar umuman bo‘lmaydi. Bunday asalni ajratish juda oddiy, qadoqdagi mahsulot tarkibini diqqat bilan o‘qib chiqish kerak. Tabiiy asalning yagona siri, uning tarkibida asaldan boshqa hech narsa bo‘lmaydi.

Suyultirilgan asal. Ayrim sotuvchilar tomonidan mahsulotlar hajmini oshirish uchun ishlatiladigan hiyla. Ya’ni, mahsulot — asal, unga hech narsa aralashmagan, ammo suv qo‘shilgan. Shu sababli, asal juda tez buziladi, fermentatsiya boshlanadi. Sotib olayotganda asal suyultirilganligini tekshirish mumkin. Buning uchun asal idishi teskari qilinadi. Toza asal juda sekin oqishi kerak. Yana bir usul — asalni qog‘ozga tushirishdir. Agar u suyultirilgan bo‘lsa, qog‘ozda nam joy hosil bo‘ladi.

Isitilgan asal. Eski, o‘tgan yilgi asalga yangi ko‘rinish berish uchun u 80 darajaga qadar isitiladi. Keyin u yana shaffof bo‘lib, chiroyli ko‘rinishga keladi. Ammo bu optik illyuziya. 42 darajadan yuqori qizdirilganda asal o‘zining foydali xususiyatlarini yo‘qotadi. Aytgancha, bu shamollashda issiq sut yoki choyga asal qo‘shish an’anasi shifobaxsh samarani bermasligini anglatadi. Qaynayotgan suv asaldagi barcha foydali moddalarni o‘ldiradi. Bundan tashqari, isitiladigan eski asal umuman xavfli bo‘lishi mumkin, chunki unda ko‘p miqdorda zaharli aldegid hosil bo‘ladi.

Pishmagan asal. Bu asal asosan sotuv uchun tayyorlanadi. U juda ko‘p ortiqcha suvni o‘z ichiga oladi. Pishgan asalda namlik 20 foizdan oshmasligi kerak. Bu kamchilikni yashirish va asalga o‘xshash quyuqlikni berish uchun yana hiyla qilish boshlanadi. Masalan, unga kraxmal yoki un aralashtiriladi. Bir qoshiq asalga ozgina yod solib, unda kraxmal borligini aniqlash mumkin. Agar u ko‘k rangga aylansa, demak, unda kraxmal bor. Sifatni tekshirishning yana bir usuli — bir parcha nonni asalga botirish. Agar ortiqcha suv bo‘lmasa, non qattiqligicha qoladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.