Pechni yog‘ dog‘laridan tezda tozalashga yordam beradigan layfxaklar
Pechda nafaqat yegulik va shirinliklar, balki shohona taomlar tayyorlash mumkin. Lekin muntazam foydalanish natijasida pechni yog‘ dog‘lari qoplaydi. “Noviy ochag” nashri bekajonlarning ushbu muammosini bartaraf etishda asqatadigan layfxaklar bilan bo‘lishdi.
Foto: “Noviy ochag”Pechni tozalaymiz
Albatta, pechning ichini tozalashni ko‘pchilik yoqtirmaydi. Agar quyidagi maslahatga amal qilinsa, jarayonni osonlashtirish va bir zumda amalga oshirish mumkin.
Pechni qachon va qanday tozalash kerak?
Pechning o‘zi kamida oyiga bir marta, eshigi esa har hafta tozalanishi kerak. Qurilma qancha kam tozalansa, vaziyat ko‘proq murakkablashadi.
Pechni tozalash kerakmi?
Pech qancha kam tozalansa, ishlashi ham shuncha qiyinlashadi. Shuningdek, bu pishirilayotgan taomga ham ta’sir qilishi mumkin. Uning hidi nafaqat pishirilayotgan hidga, balki uyga ham o‘rnashib qoladi.
Pech tozalash vositasi
Issiqqa chidamli idishga suv quyiladi. 20 daqiqa davomida pechning maksimal quvvatni yoqiladi. Ichki bug‘lanish pech devorlariga yopishgan yog‘larni eritishga yordam beradi. Natijada uni tozalash osonlashadi.
Agar pechning pastki qismiga yog‘ tomgan bo‘lsa, darhol iste’mol sodasini sepish kerak. U ham yog‘ni eritadi. Pech sovigach, qog‘oz salfetka yordamida iste’mol sodasi va pech yog‘i artib olinadi, boshqa hech qanday tozalash vositasi kerak emas.
Bundan tashqari, pechdan foydalanishdan oldin uning pastki va yon tomonlarini iste’mol sodasi solingan suv bilan artish mumkin. Bu himoya qatlamini hosil qiladi, shundan so‘ng to‘plangan yog‘ dog‘larini artib olish osonlashadi.
Manba