Salomatlik Ayollar uchun Kir yuvish mashinasining rezina manjetidan mog‘orni qanday tozalash mumkin?

Kir yuvish mashinasining rezina manjetidan mog‘orni qanday tozalash mumkin?

O'qildi: 381


Kir yuvish mashinasining rezina manjetidan mog‘orni qanday tozalash mumkin?

Kir yuvish mashinasining eng keng tarqalgan muammolaridan biri eshik qismidagi rezina manjetning mog‘orlashidir. Uning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mutaxassislar har yuvishdan keyin manjetni quritishni maslahat beradi. Ammo mog‘orlagan bo‘lsa, sodali suv uni yo‘qotishga yordam beradi, deb yozadi “Profil”.

Foto: “Profil”

Kir yuvish mashinasiga kalsiylashtirilgan soda qo‘shilgan suvni quyib, issiq yuvish rejimi ishga tushiriladi. Bu jihozdan mog‘orni yuvishga yordam beradi, keyin mashinaga muntazam ravishda qo‘llanmaga muvofiq g‘amxo‘rlik qilish lozim.

Sodali suv granulalari yumshatuvchi va kuchli tozalash vositasi sifatida yaxshi ishlaydi. Bunday kalsiylashtirilgan sodali suvni ro‘zg‘orda ishlatish mumkin bo‘lgan iste’mol sodasi bilan aralashtirib yubormaslik kerak.

Vaqt o‘tishi bilan kir mashinalari yuvish vositalari qoldiqlarining to‘planishi tufayli bakteriyalar uchun ko‘payish joyiga aylanadi, bu esa jihozlarda yoqimsiz hid va mog‘or paydo bo‘lishiga olib keladi. Mashina o‘z ishini yaxshi bajarishini ta’minlash uchun barcha komponentlarni, jumladan, baraban, filtr va eshik sohasini muntazam tozalash kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.