Inson umri abadiy emas. 20 yoshda hali butun hayot oldindadek tuyuladi. Biroq ko‘z ochib yumguncha qirqni urib qo‘yganingizni sezmay qolasiz. 20 yoshda qilish oson bo‘lgan ishlarning yarmini ham endi qila olmaysiz. Shuning uchun ayrim ishlarni orqaga tashlamaslik kerak.
Foto: Lifehacker
- O‘zingiz haqingizda o‘ylang
Buni hech kim sizning o‘rningizga qilmaydi. Yoshlik istaklarni amalga oshirish uchun eng qulay fursat. Keyin sizning ishingiz shu qadar ko‘payadiki, bunga vaqt yetmaydi.
- Oddiy narsalardan xursandchilik topa biling
Ko‘proq sayr qiling. Vaqtingiz borida yaxshi asarlar o‘qing. Do‘stlaringiz bilan qandaydir maqsadda emas, shunchaki suhbatlashing. Hozir sizga tabiiy holdek tuyulayotgan davrning qadriga yeting, keyin bu damlarni orziqib eslab yurasiz.
- Tabiat go‘zalliklaridan bahra oling
Tog‘da tong otishini qarshi oling, okeanlarni ko‘ring, chang‘ida uching. Tabiat go‘zalligini va Yerning haqiqiy o‘lchamini his eting.
- Kimligingizni anglab yeting
Har bir inson o‘ziga xos, u o‘ziga yarasha kamchiliklar va kuchli jihatlarga ega. Qancha erta shu haqiqatni anglasangiz, hayotingiz shuncha yengil kechadi. O‘zingiz bilan faxrlaning va aslingiz kabi ko‘rinishdan uyalmang!
- Sport bilan shug‘ullaning
Bu haqiqatan ham foydali. Yoshlar sog‘lom bo‘ladi, shuning uchun jismoniy mashqlar qilishga hojat yo‘q, deb o‘ylaydi. Ammo bu noto‘g‘ri. Yoshingiz o‘tib, qomatingiz va salomatligingizda muammolar paydo bo‘lsa, ularni bartaraf etish qiyin bo‘ladi. Vaqtni yo‘qotmang, sport bilan shug‘ullanishni hozirdan boshlang.
- Odamlar siz haqingizda nima deb o‘ylashlaridan xavotir olmang
Yoshlikning alomatlaridan biri boshqalarning siz haqingizdagi fikrlarini yurakka yaqin olish. Vaqt o‘tgan sari buning noto‘g‘ri ekanligini tushunasiz, lekin buni ertaroq boshlash zarar qilmaydi.
- Hayotga pozitiv yondashing
Yoshlar hayotga pozitiv qaraydi, biroq yosh o‘tgan sari ushbu xususiyat yo‘qolib boradi. Bu xususiyatni yo‘qotmaslikka intiling. Sizning muvaffaqiyatingiz hayotga qanday qarashingiz bilan bog‘liq. Optimist bo‘ling!
- Sizga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tanishlaringiz bilan aloqani uzing
Yoshligimizda odamlar bilan tez til topishamiz va kerak bo‘lsa, tez “xayrlashamiz”. Yosh o‘tgan sari bu ishlar qiyinlashib boradi. Shuning uchun, sizga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tanishlaringiz bilan qancha erta “xayrlashsangiz”, shuncha yaxshi.
- Sayohat qiling
Ko‘pchilikda sayohat imkoni paydo bo‘lsa, keyinga qoldiradi. “O‘zimni tiklab olsam, sayohat qilaveraman”, — deb o‘ylaydi. Lekin keyin oila qurasiz, farzandli bo‘lasiz, hayot tashvishlaridan ortib, sayohatga chiqa olmasligingiz mumkin.
- Xorijiy tillarni o‘rganing
Yana bir chet tilini o‘rganish o‘zingiz uchun yangi bir olamni kashf qilishdek gap. Chet tili sizga yangi imkoniyatlarni taqdim etadi, dunyoqarashingizni kengaytiradi. Shuning uchun vaqtni qo‘ldan boy bermang, til o‘rganishga kirishing!
Manba