Salomatlik Ayollar uchun Karantinda tanangiz haqida qayg‘uring. Oddiy, lekin muhim tavsiyalar

Karantinda tanangiz haqida qayg‘uring. Oddiy, lekin muhim tavsiyalar

O'qildi: 413


Karantinda tanangiz haqida qayg‘uring. Oddiy, lekin muhim tavsiyalar

Karantin sabab istasangiz ham, istamasangiz ham, kam harakat qilib ko‘p o‘tiryapsiz, qomatingizda o‘zgarish bo‘layotgani va og‘irlashib ketayotganingizni his qilyapsizmi?Unda quyidagi tavsiyalarga amal qilib avvalgi holingizga qaytish yoki undan-da yaxshiroq bo‘lishga harakat qiling.

Foto: Getty Images

1. Yangi Amerika ochmagan holda barchaga ma’lum, shu bilan birga chindan ham qilinishi kerak bo‘lgan tavsiya: kuningizni tonggi jismoniy tarbiya bilan boshlang. 5 daqiqa vaqtingizni ajrating, va bir hafta o‘zingizni majburlang, keyingi haftadan qanday qilib rejimga tushib qolganingizni o‘zingiz ham bilmay qolasiz.

2. Lift o‘rniga zinapoyadan foydalaning, sharoitingiz bo‘lsa, velosiped yoki samokat uching. U ham bo‘lmasa, 5 daqiqalik tanaffus qilib, raqsbop qo‘shiq qo‘yib raqsga tushing.

3. Uydan turib ishlashga majbur bo‘lyapsizmi?Unda ora-orada turib, hovli yoki uyingiz bog‘ini aylanib kelishni kundalik odat qilib oling, toza havodan nafas ham olib turish kerak. Miyaga kislorod yetishmasligi, ya’ni gipoksiyadan odam o‘zini lohas his qiladi, ishga bo‘lgan layoqati kamayib, esnayverishi mumkin. Shunday ekan uyda qamalib o‘tirmasdan hech bo‘lmaganda xonangiz derazalarini ochib shamollating va o‘pkangizni to‘ldirib nafas oling.

4. Umurtqa pog‘onasiga ham oson emas, kun bo‘yi gavda og‘irligini ko‘tarish yetmagandek, kompyuter yoki televizor qarshisida bukchayib o‘tirganingizda qanday ahvolda bo‘lishini tasavvur qilyapsizmi?Faqat ish yoki hordiq chiqarishni o‘ylamay, tanangiz, xususan, umurtqangiz haqida ham qayg‘urib turing, qaddingizni rostlang, dam oling va vaqti-vaqti bilan turnikka osilib turing. Ish yoki dars stolingizga “zudlik bilan qaddingni tik tut-chi” deb yozib, ta’sirchanlikni oshirish uchun qovog‘ini uygan smayl chizib qo‘ying.

5. Massaj ham juda yaxshi foyda beradi, hech bo‘lmaganda yelka va bo‘yin qismini uqalab turish kerak.

6. Ish, oilaviy tashvishlar, muammolar asabiylashish va kayfiyat buzilishiga sabab bo‘ladi, bu esa har qanday kasallik, ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun eng asosiysi, kuningizni to‘g‘ri taqsimlash, vaqtida ish, vaqtida dam olish va o‘z ustingizda ishlashni unutmang. Darvoqe, uyquning me’yorda bo‘lishiga ham e’tibor qarating.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.