Salomatlik Ayollar uchun Muvaffaqiyatli karyera uchun muhim tavsiyalar

Muvaffaqiyatli karyera uchun muhim tavsiyalar

O'qildi: 337


Muvaffaqiyatli karyera uchun muhim tavsiyalar

Ishingizdan ko‘nglingiz to‘lishi kerak

Ko‘pchilik odamlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xato — ishdagi maqsadlarga erishish uchun vosita. Yillar o‘tib keragidan ortiq pulingiz bor bo‘lishi, lekin ortga nazar tashlab, umringiz faqat moddiyat uchun sarflanganini bilish og‘ir. Moddiyat asosiy rollardan birini o‘ynashini, ishini sevsa ham ehtiyojlarni qoplamaydigan maoshga indamay ishlab yurish kerak bo‘lmagani bilan, jamoa va ish jarayoni sizning hayotingizning bir qismi ekanini ham unutmaslik kerak. Ish bor joyda muammo va kamchiliklar bo‘lib turishi tabiiy, lekin siz o‘z sohangiz va faoliyat turingizni sevsangiz, ular bilan o‘ralashishni emas, yechim topishga diqqatingizni qaratasiz.

Foto: Jess Dods CoachingBalansda bo‘lish

2017-yilda germaniyalik hamda amerikalik tadqiqotchilar ishidan ma’no va rohat qidiradigan insonlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, ishidan ma’no qidiradiganlar ikkinchi guruh kishilariga nisbatan karyera qilishga ko‘proq qiziqishi ma’lum bo‘lgan. Aslida esa faoliyat davomida balansni topa bilish kerak. Ishga bo‘lgan qiziqish, xursandchilik va rohatlanishni his eta bilish juda muhim.

Sizga nima kerakligini o‘zingizdan boshqa hech kim bilmaydi

Karyera qilish bir-biridan farq qilishi mumkin. Kimdir bir joyda uzoq vaqt ishlashni, kimdir qisqa fursatda ish joyini o‘zgartirib turishni, yana kimdir bo‘lsa, oldindan ma’lum ishga erishish uchun boshqasi orqali ko‘tarilishni ma’qul biladi. Qaysi yo‘lni tanlash — bu sizning xohishingiz, faqat qayerda va qachon ishlashingizdan qat’i nazar ishingizni sevib bajaring. Bunda ikki tomonga foyda — sevimli ish bilan shug‘ullanib siz baxtiyorlikni, rahbariyat esa sizdek salohiyatli xodimi borligidan mamnuniyatni his qiladi.

Foto: Breathe Modern MeditationMe’yorni bilish

Ishni yaxshi ko‘rgan yaxshi, lekin butun hayotni ish bilan o‘tkazish ham yaramaydi. Sohangizning ustasi bo‘ling, yuklatilgan vazifani qoyillating, lekin ishni shaxsiy hayot bilan qorishtirib yubormang. Vaqtida salohiyatingizga yetarli baho berishni, salomatligingiz va yaqinlaringizga vaqt ajratishni, dam olish va asosiysi, ko‘ngildagidek yashashni unutmang.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.