Televizor ko‘rmaslik, nizoga bormaslik. Aqlli bo‘lishga yetaklovchi tavsiyalar
Insonga xos odatlar uning hayot tarzi va turmush darajasi qanday bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.
Foto: Getty ImagesTelevizor ko‘rishni bas qiling
Ortiqcha vaqtingizni televizorga sarflamang yoki hech bo‘lmaganda qisqartiring. U sizni yolg‘izlikdan qutqarmaydi, muammolaringizga yechim bo‘lmaydi, shunchaki miyangizni kerakmas ma’lumot bilan to‘ldirib chalg‘itadi xolos. Miya har qanday xabar va ma’lumotni qabul qilish, saqlash xususiyatiga ega ekanini yodda tutib, uni kerak bo‘lmagan maishiy mavzu va muammolar bilan to‘ldirmang.
O‘z ustingizda ishlang, izlaning
Ma’lum vazifani sovuqqon bo‘lib, qilinishi uchungina bajarmang. Savollar tug‘ilsa, atrofingizdagilardan so‘rashdan cho‘chimang, mustaqil yechim topishga harakat qiling. Dangasalik va erinishni yig‘ishtiring, inson o‘z ustida faqat bo‘sh qolganidagina ishlashi kerak, internet, ilhom yoki boshqa omillar yetishmayapti, degan fikr bilan o‘zingizni aldamang.
Arzimagan narsalarga boshingizni qotirmang
Michigan universiteti tadqiqotlarida har qanday agressiv xatti-harakat va past IQ darajasi o‘rtasida aloqadorlik borligi aniqlangan. Har qanday negativ fikr rivojlanishga xalal berishini unutmagan holda energiya va salohiyatingizni to‘g‘ri yo‘naltiring. Asabiylashmaslikka, odamlar bilan nizoga bormaslikka, g‘azab va alamingizni to‘kib-sochmaslikka o‘rganing.
Yaqin kelajak bilan bog‘liq rejalar tuzing
Robot singari yoki majburiy jadval asosida yashash shart emas, shunchaki mas’uliyat bilan har narsani o‘z vaqtida bajarish, undan oldin esa uni xayolan rejalashtirib olish kerak. Muhim vaziyatni oldindan rejalashtirish, qisqa vaqt ichida kutilgan maqsadga erishishga ko‘mak bo‘ladi.
Salomatligingiz haqida unutmang
Miya faoliyati, jismoniy harakat, iste’mol mahsulotlari, faollik va kundalik odatlar bilan uzviy bog‘liq. Sog‘ tanda sog‘lom aql bo‘lishini unutmagan holda tanangiz va salomatligingizga e’tiborli bo‘ling.
Manba