Salomatlik Ayollar uchun Vaqtingizni birovning dardini eshitishga sarflamang: Ko‘proq narsaga ulgurish uchun 3 tavsiya

Vaqtingizni birovning dardini eshitishga sarflamang: Ko‘proq narsaga ulgurish uchun 3 tavsiya

O'qildi: 354


Vaqtingizni birovning dardini eshitishga sarflamang: Ko‘proq narsaga ulgurish uchun 3 tavsiya

Ba’zida zarur ishlarni bajarish uchun 24 soat kamlik qilayotgandek tuyuladi. Aslida esa kun davomidagi ish va odatlar tahlil qilib ko‘rilsa, kishining o‘zi bilmagan holda kerakmas narsalarga vaqt sarflab qo‘yadi.

Foto: Emergency Support NetworkQilinishi kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatini tuzing

Qilingan va bajarilgan ishlar sarhisobi bo‘lgani va nazorat qilingani sabab ham chek-list qilinganda vaqt sezilarli darajada yaxshi tejaladi. Bunday ro‘yxat qilinganda kunning birinchi qismidan kechga qadar qanday kechishi va vaqtingiz nimalarga sarflanganiga e’tibor qarating. Tongda uyqudan ko‘zni ochish bilan ijtimoiy tarmoqlarga kirib vaqt ketkazishdan osoni yo‘q, yaxshisi vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlab oling. Shu sabab ham oddiy yumushlar: tish yuvish, nonushta qilish, kundalik reja tuzishni ham ro‘yxatga kiriting. Muhimlilik yoki qiyinlilik darajasiga qarab bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni ro‘yxatda birinchilikka kiriting.

Ish boshlashdan avval qo‘lga kiritishni istagan natijangizni aniqlab oling

Nima ustida ishlashdan qat’i nazar, uni nima uchun bajarayotganingizni bilish muhim sanaladi. Muayyan maqsad muvaffaqiyatga erishish uchun vaqtni ikkilamchi narsalarga sarflamasdan, harakatlarni aniq shakllanishiga sabab bo‘ladi. Istalgan natija u taxminiy bo‘lsa ham ishlashga motivatsiya beradi.

Har qanday ortiqcha narsalardan voz keching

Ba’zi odamlar sizni energiyangizni, vaqtingizni olishi mumkin. Shunga e’tibor bergan holda ortiqcha narsa va kishilarga qimmatli vaqtingizni sarflamang. Bekorga gap sotish, chaqchaqlashish bilan ham vaqt yo‘qotish keyin esa asosiy narsalarga ulgurolmaslik mumkin. Qandaydir buyum, tovush va hidlar esa ish samaradorligi hamda ahvolingizni yaxshilanishiga ta’sir qiladi. Masalan, yoqimli qo‘shiq tinglab, yaxshi kayfiyatda ishga berilish va ko‘ngildagidek bajarish mumkin. Vaqtingizni ayrim kishilarning nolishlarini eshitish keyin esa o‘zingizga kelish uchun ketkazmang. Undan ko‘ra o‘zingiz va foydali ishlarga vaqt sarflang. Shuningdek, kam rohat baxsh etadigan ammo qo‘yilgan maqsadga yaqinlashtirmaydigan narsalardan ham voz keching.

Masalan, chekish sizni tinchlanishingiz va kuch to‘plashingizga yordam bermaydi. Shunchaki vaqtingizni olib, salomatligingizga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning singari mayda ishlarni ham shu yo‘sinda foydali va zararliga ajratib chiqing va shundan kelib chiqib kuningizni rejalashtiring.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.