Salomatlik Ayollar uchun Do‘konlardagi mavsumiy chegirmalarning 8 ta xavfli jihati

Do‘konlardagi mavsumiy chegirmalarning 8 ta xavfli jihati

O'qildi: 423


Do‘konlardagi mavsumiy chegirmalarning 8 ta xavfli jihati

Do‘konlardagi mavsumiy chegirmalar faqatgina pulni tejash imkoni emas, balki ularning bir nechta xavfli tomonlari ham mavjud.

Sizning o‘lchamingiz bo‘lmagan libos

Foto: Getty Images

Qachondan beri olishni rejalashtirib yurgan libosni o‘z o‘lchamidan kichigini ko‘rib, hechqisi yo‘q olsam keyin ozaman deb xarid qiladiganlar diqqatiga: hech qachon o‘zingizga katta yoki kichik bo‘lgan kiyim xarid qilmang!Pulingiz bekorga sarflanishi oqibatida kiyimingiz shkafning bir burchagida yillab kiyilmay yotishi mumkin.

Soxta narxlarga aldanish

Ayrim do‘konlarda eski narx ustiga sale deb yozib qo‘yilishi mumkin. Buni bilmagan xaridorlar arzon ekan deb xarid qilaveradi. Siz esa diqqat bilan ko‘zdan kechiring, narxiga arziydimi yoki yo‘q e’tibor bering.

Sifatsiz “brak” kiyim-kechaklar

Ko‘p hollarda kamchiligi bor bo‘lgan buyum va tovarlar narxi pasaytirilib qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun xariddan avval ko‘zdan kechirishni unutmang.

Kiyib ko‘rmasdan xarid qilish

Kiyib ko‘rish xonasidagi navbatdan qochib kiyib ko‘rmagan libosingiz uyga borganingizda to‘g‘ri kelmay asabingiz buzadi va bekorga pul sarflaganingizni anglashga olib keladi, sale bo‘lgan kiyim-kechaklar esa aksari hollarda almashtirilmaydi. Shu sabab xariddan avval shoshmasdan kiyib, to‘g‘ri keldimi, yarashdimi yoki yo‘q, aniqlashtirib oling.

Turli aksiyalar

Ikkita olsangiz uchinchisi tekin yoki uchta futbolka olsangiz sharf qo‘shib beriladi degan aksiyalarga uchishdan avval o‘ylab ko‘ring ikkita bir xil narsaning sizga nima keragi bor?

Quruq qo‘l bilan qaytmaslik

Hamma do‘konlarni aylanib chiqib arzon narsa topa olmaslik va hech bo‘lmaganda bir nima xarid qilish, quruq ketmaslik yaxshilik alomati emas. Kerak bo‘lmasa nima qilasiz sotib olib?

O‘tgan mavsum trendlari

Siz do‘kon peshtaxtasida bir yildan beri xarid qilishni xohlagan, ammo narxi to‘g‘ri kelmagan ko‘ylakni arzon narxga ko‘rib qoldingiz. Sotib olgani shoshmang, siz yoqtirganingizda libos qimmat ekani sabab uning dolzarbligi bilan bog‘liq bo‘lgan, arzon narxdami, demak urfdan qolgan.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.