Salomatlik Ayollar uchun Farzandingizga aytish yaxshi oqibatga olib kelmaydigan 8 jumla

Farzandingizga aytish yaxshi oqibatga olib kelmaydigan 8 jumla

O'qildi: 326


Farzandingizga aytish yaxshi oqibatga olib kelmaydigan 8 jumla

Farzand necha yosh bo‘lishidan qat’i nazar ota-ona uchun bola bo‘lib qolaveradi. Lekin bolalik chog‘larida endigina hayotni anglashga urinayotgan murg‘ak qalb eng yaqinlari tomonidan aytilgan ayrim gaplar sabab, o‘ziga past baho beradigan, ishonchsiz va tushkunlikka beriladigan bo‘lib qolishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida u kelajakda quradigan oilasi, kasbi va jamiyatda ham o‘z o‘rnini topa olmasligiga olib keladi. Quyida farzandga qanday jumlalarni aytmaslik kerakligi haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Foto: KiddocareMeni uyimda yashayapsan, qoidalarga amal qil.

Ushbu jumlani eshitgan farzand qadr-qimmati yerga urilgan, o‘zini kamsitilgandek his qiladi. Eng yomoni esa minnat qilingandek tushunib, o‘zi tug‘ilib o‘sgan uydan hafsalasi pir bo‘lishi va uyda bo‘lishni istamasligiga olib keladi. Farzandingizga siz bilan yashagani uchungina qoidalarga bo‘y sunishi emas, to‘g‘ri va noto‘g‘rilik yaxshi va yomonlik nuqtayi nazaridan tartibga rioya qilinishi kerakligini tushuntiring.

Men ham shunday tarbiya olganman, kam bo‘lmadim.

Har bir oiladagi vaziyat, bola psixologiyasi individual bo‘lgani uchun ham shundan kelib chiqib munosabatda bo‘lish kerak. Sizga berilgan tarbiya o‘zini oqlagan degani, farzandlaringizda ham shunday natija berishiga kafolat bo‘lmaydi. Bolangizni ichki dunyosi, qarash va qiziqishlarini o‘rganib, ularni inobatga olgan holda yondashing, suhbatlashing va tushunishga harakat qiling.

Seni shu ishni qilishingni yoqtirmayman.

Siz uzoq va davomli gapirgan bo‘lishingiz mumkin, lekin bola xotirasiga seni yoqtirmayman so‘zi muhrlanadi. Buning oqibatida o‘ziga va bajarayotgan ishiga nisbatan ishonchsizlik va ko‘ngli to‘lmaslik paydo bo‘ladi.

Shu qilig‘ing otangga(onangga)o‘xshaydi.

Dakki davomida o‘zini noto‘g‘ri ish qilganini anglagan bola, oilada bitta u emas, kattalar ham shunday nojo‘ya ishlar qilar ekan, demak aybdor bir men emas degan tushuncha paydo bo‘ladi. Eng yomoni esa o‘smir vaqtida kamchiliklari kuzatilsa, o‘xshatilgan insonni aybdor qiladi.

Palonchining bolasidan o‘rnak olsang bo‘lmaydimi?

Har bir bolaning yutuq va kamchiliklari bo‘lishi tabiiy, siz solishtirgan va o‘rnak qilib ko‘rsatgan bolaning o‘ziga yarasha minuslari bo‘lishi mumkin. Farzandingiz muvaffaqiyatga erishishini istasangiz uni yutuqlarini e’tirof etgan holda kamchiligi nimadan iborat ekanini to‘g‘ri tushuntiring va ustida ko‘proq ishlasa, yutuqlari soni avvalgidan ham ko‘payishini va bu uni qo‘lidan kelishini bildiring. Ammo aslo boshqa bola bilan solishtirmang.

Shunaqangi aqllisan.

Aslida bu rag‘batlantiruvchi jumla, lekin hali mehnat qilmagan, izlanmagan bolakay aqlim bor ekan, jonimni qiynamasam ham bo‘ladi, degan xulosa chiqarishi, oqibatda darslar va mashg‘ulotlarga yuzaki yondashishi mumkin. Buning o‘rniga sen yaxshi shug‘ullanding, o‘z ustingda ishlading va shunga yarasha qoyilmaqom natija qayd qilding, deya motivatsiya bering.

Qo‘lingdan kelmaydi.

Ushbu jumla bolaning o‘z salohiyati va imkoniyatlariga shubha bilan qarashi, oqibatda urinib ko‘rishdan cho‘chishi va o‘z qobig‘iga o‘ralib qolishiga olib keladi. Farzandingizga seni qo‘lingdan hamma narsa keladi va men bunga ishonaman, faqat buning uchun harakat qilib ko‘rishing va o‘z ustingda ishlashing kerak deb ayting.

Ahmoqsan.

Ushbu kalima orqali siz, o‘z imkoniyat va salohiyatiga yetarli baho bermaydigan shaxs yetilishiga sababchi bo‘lgan bo‘lasiz. Hayot faqat mukammallikdan iborat emas, past va balandliklar bo‘lishi tabiiy. Xato qilinganidan keyin uni bartaraf etish, bolaga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, tavsiya berish o‘rniga uni haqoratlash, sizning ojizligingizdan darak beradi. Bola esa sizdan o‘rnak olib, yoqimsiz vaziyatda yechim topish o‘rniga kimnidir aybdor qiladigan bo‘lib voyaga yetadi. Unutmang, bola ko‘zgu — siz o‘zingizni tutishingiz va muomalangiz unda aks etmay qolmaydi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.