“Tom va Jerri”, “Qizaloq va maymoq”. Bola psixikasiga salbiy ta’sir qiladigan multfilmlar
Multfilm bolalarni xarxasha qilganda tinchlantirish va ma’lum vaqtga band qilib qo‘yish uchun ota-onalarga yordamchi bo‘ladi. Lekin rang-barang personajlardan tashkil topgan multfilmlarning hammasi har xil ta’sir qilishi va bolaning tasavvuri noto‘g‘ri shakllanishiga, o‘zini to‘qima qahramonlardek tutishiga olib kelishi mumkin.
“Qizaloq va maymoq”
Foto: Getty ImagesButun dunyoda sevib tomosha qilinadigan mazkur multfilmda quloqsiz Masha ayiqni surobini to‘g‘rilaydigan xatti-harakatlar bajarishiga qaramay, jazosiz qolishi bolada bu normal ekan degan tushuncha shakllanishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Agar bolaga ota-onasi tomonidan multfilmlar bo‘rttirilgan reallik ekani, haqiqiy hayotda bunday harakatlar hech kim tomonidan rag‘batlantirilmasligi tushuntirilmasa, bolaning vaqt o‘tishi bilan aytganni qilmay chegaradan chiqishi mumkin bo‘ladi.
“Vinks”
Foto: Getty ImagesMazkur multfilmdagi qahramonlarning ochiq-sochiq liboslari va tashqi ko‘rinishi bolada yolg‘on go‘zallik standartlari shakllanishiga olib keladi. Bola va qizlar ko‘rinishi kumirlarniki bilan mutanosib emasligidan o‘zidan kamchilik qidira boshlaydi. Shuningdek, qahramonlarning kamtarlik va rahm-shafqat kabi xususiyatlar ustidan kulishi va uy ishlarini parilar o‘rniga ularning yordamchisi bajarishi ham bolaga ijobiy ta’sir qilmaydi.
“Maxluqlar maktabi”
Foto: Getty ImagesMazkur multfilm qahramonlarining o‘qishga mensimasdan munosabatda bo‘lishi hamda jargon so‘zlardan foydalanilishi multfilmning kamchiligi hisoblanadi. Shuningdek, u oilaviy qadriyatlar, kattalarga hurmat va do‘stlik haqidagi tushunchalarni noto‘g‘ri shakllanishiga sababchi bo‘ladi.
“Gubka Bob”
Foto: Getty ImagesMazkur multfilmni nafaqat bolalar, balki kattalar ham sevib tomosha qiladi. Multfilm qahramonining ahmoqona qilmishlardan keyin ham suvdan quruq chiqishi bola tarbiyasiga ta’sir qiladi.
“Barboskini”
Foto: Getty ImagesMultfilmdagi o‘quvchi kuchuk bolalarining boshi doim yoqimsiz voqealardan chiqmaydi va muammolarni o‘zi hal qila olmay tashqaridan yordam oladi. Bu bolada o‘zini qanday tutsa ham, nima qilsa ham uni qiyin vaziyatdan olib chiqadigan odam topilishi mumkin, degan fikrni uyg‘otadi. Ota-onalar bolalariga o‘zi qilgan ishiga o‘zi javob berish kerakligi va shuning uchun ham biron narsa qilishdan avval o‘ylash kerakligini tushuntirishi kerak.
“Tom va Jerri”
Foto: Getty ImagesSiz-u biz bolalikda keyingi qismlarini intizorlik bilan kutgan multfilmning ham salbiy ta’siri yo‘q emas. Mazkur multfilmda shafqatsizlik va zo‘ravonlik kulgi ostiga olinishi hisoblanadi. Bolaga o‘zini bunday tutish kerakmasligi, tirik jonzotlarga ozor yetkazmaslikni tushuntirish kerak.
Anime
Foto: Getty ImagesSo‘nggi punktda aniq bir multfilm emas, katta bolalarga mo‘ljallangan animelar o‘rin olgan. Yosh bolalar mazkur janrni tushuna olmagani sabab odamning tashqi ko‘rinishi haqida yolg‘on tasavvur paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ta’sirchan bolalar tryuklarni takrorlab, jarohatlanish ehtimoli yo‘q emas.
Manba