Bolaning bog‘chaga tez moslashishiga yordam beradigan 6 tavsiya
Agar kattalardan bolalar bog‘chasidagi xotiralari haqida so‘ralsa, ehtimol do‘stlik, g‘amxo‘r tarbiyachilar yoki qo‘rquv, yolg‘izlik haqidagi eng iliq hikoyalarni eshitish mumkin. Farzand birinchi kunlardan boshlab bolalar bog‘chasida o‘zini erkin his qilishi, tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi va rivojlanishi uchun unga “to‘g‘ri yo‘l” ko‘rsatish juda muhimdir.
Foto: “Lisa”School bolalar bog‘chasining asoschisi Xolli Roberts 16 yildan buyon kichik yoshdagi bolalar bilan ishlaydi. Shuningdek, bolalarning yangi jamoaga qo‘shilishga va bog‘chaga moslashishida qanday yordam berish haqida ota-onalarga maslahatlar beradi.
Farzandingizdan darrov uzoqlashmang
“Shok terapiyasi” – ota-onalar farzandini bolalar bog‘chasiga olib borib, darhol chiqib ketishga harakat qilishi yaxshi emas. Ular farzandi uchun qiyin bo‘lgan vaqtni qisqartirishni xohlaydi. Ammo bunday to‘satdan uzoqlashish bolaga haqiqiy shikast yetkazishi mumkin: shundan keyin, albatta, uning guruhga qo‘shilishi qiyinlashadi, eng yomoni – bolada ota-onani yo‘qotib qo‘yish qo‘rquvi paydo bo‘ladi.
Ba’zi bolalarga yangi muhitga ko‘nikishi hamda onasi yoki dadasini ko‘zdan g‘oyib bo‘lishidan qo‘rqmasligi uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Xolli Robertsning bog‘chasida ota-onalar farzandi to‘liq moslashguncha yaqin joyda qolishlari mumkin, odatda beshinchi kuni bola ko‘nikib, tinchlanishga o‘rganadi.
Ammo holatlar boshqacha. 2,5 yoshli kichkintoyning onasini bir qadam ham qo‘yib yubormagan, uning ketishi sarosima va ko‘z yoshlariga sabab bo‘lgan voqeani eslayman. So‘ngra o‘qituvchilarim bu bolaning ota-onasi bilan birgalikda mualliflik uslubimga muvofiq moslashish rejasini bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Avvaliga ona doimo o‘g‘li bilan guruhda qoldi, keyin u har kuni tom ma’noda bir metrga uzoqlashib, yon tomonda o‘tirdi. Ko‘p o‘tmay, u koridorda kutib turishni boshladi va farzandi esa uning o‘sha yerda ekanligini bilish uchun doimo xabar olib turdi. So‘ngra onasi zalga ko‘chib o‘tdi va bola ham u yerga tashrif buyurdi. Vaziyat ozm-ko‘pmi hal bo‘lgach, ona ish joyiga, do‘sti bilan qahva ichishga, do‘konga, poliklinikaga keta boshladi. Muhimi, u qayerga ketishi haqida bolani ogohlantirdi va bola ham onasining qachon qaytib kelishini aniq bilardi. Shunday qilib, bola asta-sekin onasining yo‘qligiga ko‘nikdi. Bir oy o‘tgach, u tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgardi: u bog‘chaga kelgach onasi bilan xotirjam xayrlashar va guruhda o‘ynashga kirib ketar, asosiysi xavotir va ko‘z yoshlarsiz edi.
Bolaning qarshiligiga tayyor bo‘ling
Vaziyatni tasavvur qiling – bola bog‘chaga yig‘lab boradi, u yerda qolishni xohlamaydi, bu yer unga yoqmasligini aytadi. Darrov bolani u yerga olib bormaslik, tinchlantirish va u bilan bo‘lish fikri kelishi tabiiy. Lekin siz tasavvur qilganingizdek, bu ta’lim va intizom nuqtayi nazaridan ikki qadam orqagda qolish degani.
Uyda ota-onalari uchun “spektakl” qo‘yadigan va o‘zini bolalar bog‘chasida suvdagi baliqdek his qiladigan “aktyorlar” mening amaliyotimda yangilik emas. Muvaffaqiyatli moslashayotgan 4,5 yoshli bolakay bilan bir voqea esimga tushdi: u tengdoshlari bilan o‘ynardi, ota-onasini sog‘inmasdi, har kuni ular ertalab bolani bog‘chada qoldirisho osonlik bilan kechardi. O‘qituvchilar ota-onaga ijtimoiylashuv yaxshi ketayotganini tasdiqlovchi video yubordi.
Lekin bola ota-onasidan uni bir kunga uyda qoldirishni so‘radi va tarbiyachilarning maslahatiga zid ravishda ular o‘g‘lini rag‘batlantirish uchun o‘z his-tuyg‘ulariga bo‘ysundi. Farzand istaganiga erishdi. Afsuski, endi uni bolalar bog‘chasiga olib kelishning iloji yo‘q edi. Shuning uchun o‘tkazib yuborilgan bir kun hech narsani anglatmaydi, deb o‘ylamaslik kerak. Men bunday masalalarda o‘qituvchilarga ishonishni va yurakni emas, ongni tinglashni maslahat berardim.
Kichkintoyingiz uchun vizual jadval tuzing
Yurish, tushlik, uyqu vaqti, tushdan keyin choy – bolalar bog‘chasida har kuni bir xil tartibda bo‘lishi bejiz emas. Kundalik tartib bolaning yangi, hali noma’lum muhitga moslashishi uchun zarur bo‘lgan barqarorlik elementini taqdim etadi. U vaqt haqida tasavvurga ega bo‘ladi, tez orada mazali narsa berilishini yoki ota-onasi uni hozir olib ketishini bildiradi.
Farzand bilan bolalar bog‘chasi jadvalini oldindan o‘rganing. Ayting-chi, bola bir kunda qancha ishni bajarishi kerak?Jadval har doim bolaning ko‘z oldida bo‘lishi muhim. Bunda kartani oddiy tartibda chizish yoki buning uchun doskadan foydalanish mumkin. Shunday qilib, bola o‘zini yanada ishonchli his qiladi va agar u “Onam qachon keladi?” degan abadiy savoldan qutulolmasa, hech bo‘lmaganda tashvish darajasini pasaytiradi.
Kundalik tartibni to‘g‘rilang
Agar bola bog‘chada tarbiyachilar jadvaliga rioya qilsa, uyda rejim uchun javobgarlik ota-onalarga yuklatilgan. Farzandni o‘z vaqtida guruhga olib borib, uni o‘z vaqtida olib ketish uchun buni har kim o‘zidan boshlashi kerak. Bolani vazifalarni bajara olish darajasini kuzatib boring: bolalar bog‘chasida kun juda band, shuning uchun mashg‘ulotlar va qo‘shimcha mashqlar bolaning qo‘lidan kelmasligi mumkin.
Uyquga alohida e’tibor bering: ideal holda, agar bola soat 21-22:00 da yotsa, u yetarli darajada uxlaydi va ertalab yangi o‘quv kuniga tayyor bo‘ladi. Qo‘shimcha darslarga kech yotish yoki ortiqcha vazifa bolani charchatishi, uyqusizlik natijasida faollik susayadi va dangasalik bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi.
Farzandingizga bitta o‘yinchoqni uydan bolalar bog‘chasiga olib borishga ruxsat bering
Albatta, bog‘cha qo‘g‘irchoq, konstruktor va o‘yinchoq mashinalariga to‘la – bolaning qo‘li bo‘sh qolmaydi. Biroq o‘zi bilan sevimli o‘yinchog‘ini olib kelish bog‘chaga moslashishga yordam beradi. Uydagi o‘yinchoq unga qulayligi va tanishligi bilan aloqani yaratadi. Bola yangi vaziyatga tushib qolganda uni tanish narsa biroz tinchlantiradi. Bola odatlanib qolganida esa bu amaliyotni asta-sekin cheklash kerak.
Ratsionga keskin o‘zgartirish kiritmang
Uyda bola avakado bilan shirinlik iste’mol qilishi mumkin, bolalar bog‘chasida unga borsh va makaron beriladi. Ovqatlanish mutaxassilarining tavsiyalari asosida muvozanatli va foydali mahsulot tavsiya qilinadi, lekin bola buni tatib ko‘rmasligi mumkin, chunki oziq-ovqat notanish. Kichkintoyni nima kutayotgani bilan tanishtirish uchun ota-ona uyda biroz vaqt ajratish lozim. Bog‘chadagi menyularni oldindan so‘rang va uydagi taomnomaga ba’zi ovqatlarni qo‘shing. Ovqatni qabul qilish bolalar uchun juda muhim, shuning uchun bu jarayonni osonlashtirishiga harakat qiling.
Farzandni bolalar bog‘chasiga moslashtirish qachonki ota-ona tarbiyachilar bilan birgalikda ishlashga tayyor bo‘lsagina muvaffaqiyatli kechadi. Uni tinglash va eshitish, balki bolalarcha hiyla-nayranglarini ham unutmaslik kerak. Axir barcha ota-onalar, aslida, bitta narsani – farzandi xursand bo‘lib bolalar bog‘chasiga yugurishi va u yerda vaqtni foydali va qulaylik bilan o‘tkazishini xohlaydi.
Manba