Nima sababdan smartfondan uyg‘otgich sifatida foydalanish tavsiya etilmaydi?
Smartfonlar deyarli bir nechta vazifani o‘z ichiga oluvchi tabiiy kengaytmaga aylandi. Ulardan turli xil maqsadlarda foydalaniladi. Masalan, ish, ma’lumot izlash, yangi yashash joyi, ko‘ngil ochish va o‘qish kabilar. Agar u tasodifan buzilsa yoki yo‘qolib qolsa, xuddi hayot davom etmaydigandek ko‘rinadi. Shuningdek, har bir odam smartfon vazifalaridan biri – uyg‘otgichdan foydalanishga odatlangan. Bu, albatta, bir qarashda zararsizdek tuyulishi tabiiy holat. Quyida nima uchun smartfon uyg‘otgichlaridan foydalanishni to‘xtatib, uni haqiqiysiga almashtirish kerakligi haqida bir qancha tavsiyalar mavjud.
Uyquni buzishi mumkin
Foto: AdMeOramizda smartfon uyg‘otgichini sozlashdan avval ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni qoldirmasdan o‘qib chiqadiganlar talaygina. Shubhasiz, bu uyqu vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi. Ammo muammo faqat bunda emas. Smartfondan taralayotgan ko‘k nur uyqu sifatiga ta’sir qiladi va bu jarayonni buzilishiga olib keladi.
Tonggi tayyorgarlikdan chalg‘itishi mumkin
Foto: AdMeUyqudan uyg‘onish bilan qo‘l o‘z-o‘zidan smartfon tomon boradi, bu refleksga aylanib qolgan. Endi esa yangi xabarlar bilan tanishish jarayoni uzoq vaqt olib qo‘yganini sezmay qolish ham mumkin. Natijada ertalabki badantarbiya, nonushta va boshqa amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar qolib ketadi va shoshilgancha ish tomon ravona bo‘lishga to‘g‘ri keladi.
Ba’zan eshitish qiyin bo‘lishi mumkin
Foto: AdMeSmartfonlar soatning jiringlagan ovozi kabi baland bo‘lmaganligi uchun eshitmaslik tabiiy holat. Bundan tashqari, kun davomida smartfondan chiqadigan tovushlarga quloq ko‘nikadi va uyqu paytida u o‘z ta’sirini o‘tkazolmaydi, ya’ni uyg‘ota olmaydi. Shuning uchun smartfon uyg‘otgichi samarasiz hisoblanadi.
Smartfon quvvati tugashi mumkin
Foto: AdMeEhtimol smartfon quvvati kam bo‘lsa, unga o‘rnatilgan uyg‘otgich signali ishlamasligi mumkin. Shuning uchun smartfondan, ayniqsa, quvvat olayotgan vaqtda foydalanmay, oddiy soatli uyg‘otgichni qo‘llash yaxshiroq. Afsuski, belgilangan vaqtda uyg‘onmaslik, rejalashtirilgan muhim ishlarni amalga oshmasligiga olib kelishi mumkin.
Manba