Koronavirus tufayli paydo bo‘ladigan uyqusizlikni qanday bartaraf etish mumkin?
Koronavirus pandemiyasi tufayli insonlar ongidan tinimsiz yangi savollar paydo bo‘lmoqda. Masalan, jamoat transportlarida qo‘lqop taqish kerakmi, niqobni matodan tikilgani yaxshimi yoki bir martaligimi?Qanday hollarda jarima solinishi mumkin?Yana muassasalar yopilishi rostmi?Masofadan turib ishlash qachongacha davom etadi?Kasallikni yuqtirib olmaslik uchun nima qilish kerak?Himoya vositalari kasallik xavfidan asraydimi?Shu kabi savollar inson ongini butunlay egallagandan so‘ng haftalab tark etmaydi. Muammolarning barchasi stressni keltirib chiqaradi. Natijada soatlab uxlash holatlari kuzatilmaydi, go‘yoki nimadir bunga to‘sqinlik qilayotgan bo‘ladi. Charchoq esa tananing kuchini olib qo‘yishda davom etadi.
Foto: “Domashniy ochag”Karantin davomida o‘zni yakkalash, dam olish maskanlari faoliyatining to‘xtatilishi ko‘pchilikni avvalgidan ham ko‘ra asabiylashtirgani ma’lum. Uyqusizlik esa immunitetni susaytiradi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi. Ammo stressni kamaytirish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish, albatta, organizm uchun foydali hisoblanadi.
Muammolarni tan olish kerak
Uyquning buzilishi 2020-yilda odatiy hol hisoblanmoqda. Nafaqat jamiyat, balki dunyo bo‘ylab hukmronlik qilayotgan muammo har kimning ham uyqusini buzgan bo‘lishi tabiiy. Uyqusizlikka uchraganlikni tan olishning o‘ziyoq stressni ikki baravarga kamaytiradi, uning muammosi asablarni ortiqcha qiynamaydi.
Noutbukni yotoqxonada qoldirmaslik kerak
Jiddiy muammolar haqida oshxona yoki mehmonxonada gaplashib olgan ma’qul. Yotoqxona esa faqatgina uxlash yoki dam olish joyiga aylanishi kerak. Shuningdek, u yerga iloji boricha xushbo‘y va chiroyli buyumlarni joylashtirish kerak. Albatta, ishga oid hisob-kitob qog‘ozlari va noutbukni ham yotoqxonadan chiqarib tashlash kerak.
Har doim bir vaqtning o‘zida uxlash zarur
Har kuni bir vaqtda uyg‘onish eng avvalo, kechasi charchab uxlashga yordam beradi. Agar kechki payt uyqu kelmagan bo‘lsa, unda o‘zni uyquga majburlashning keragi yo‘q. Kuni bo‘yi faol bo‘lmagan insonning charchamasligi tabiiy.
Har kuni oz bo‘lsa-da harakatlanish zarur
Iloji bo‘lsa, sayr qilishga odatlanish kerak. Sababi tana jismoniy mashqlardan so‘ng endorfinlarni ishlab chiqaradi. Ushbu quvonch gormonlari ayniqsa, kuzda stress va tushkunlikni yengishga yordam beradi. Agar yurish va sayr qilishga kuch yetarli bo‘lmasa, shunchaki toza havoda o‘tirish tavsiya etiladi.
Bir vaqtda ovqatlanish lozim
Muntazam ravishda bir vaqtda ovqatlanish organizmni tartib bilan ishlashiga yordam beradi. Kun davomida 2-3 marta yengil yegulik iste’mol qilish ham tana uchun foydali hisoblanadi.
Charchoq va uyquni ajratib olish kerak
Ko‘pincha charchoq va uyquni chalkashtirish kuzatiladi. Tana nafaqat jismoniy mashqlardan, balki aqliy faoliyat bilan ham charchaydi. Charchaganda uxlash shart emas, chunki soatlab u yoqdan bu yoqqa burilib yotish faqatgina asabiylashtirish mumkin. Bu vaqtda charchoqni yengishga dush qabul qilish, meditatsiya yoki teledastur tomosha qilish yordam beradi. Shundan so‘nggina uyquni his qilish mumkin, bunday vaqtda tana sustlashadi va ko‘zlar yumila boshlaydi.
Miyada fikrlar bezovta qilsa, uyg‘ongan yaxshi
Yotoq – dam olish joyi, unga boshqa biror salbiy fikrlarni bog‘lash mumkin emas. Agar noo‘rin fikrlar bezovta qilsa, uxlashga yotishdan avval ularni 40 daqiqa davomida qog‘ozga tushirish kerak.
Miyani charchatmaydigan yumushlar bilan shug‘ullanish lozim
Masalan, uylarni tozalash, yuvilgan kiyimlarni javonga joylashtirish kabi ishlarni amalga oshirgan ma’qul. Lekin uxlash uchun kitob o‘qigandan ko‘ra, audio eshitish tavsiya etiladi. Shunday vaqtda inson o‘zini xavfsiz joyda yoki bolalar orasida deb tasavvur qilishi kerak. Shundagina tanada tinchlanish yuz bera boshlaydi.
Manba