Ertaga ozishni istasangiz, bugundan amal qilishingiz kerak bo‘lgan 5 ta qoida
Kun davomida muhim ishlar bilan band bo‘lganligi sabab ko‘pchilik kechki vaqtda televizor tomosha qilib dam oladi. Ammo ushbu vaqtdan samarali foydalanish, salomatlik va tashqi ko‘rinishda ijobiy o‘zgarish bo‘lishi tayyorgarlik qilishga sarflasa bo‘ladi.
Foto: PixabayKechasi trenirovka qilish
Jismoniy faollik organizmdan ortiqcha suyuqlikni chiqarib, ozishga yordam beradi. Kun davomida band grafik sabab bunga vaqt bo‘lmasligi mumkin, qolaversa, zo‘riqqan nerv hujayralari uxlatmagani sabab kechasi trenirovka qilmaslik kerak degan tushunchalar ham yo‘q emas. Ammo AQShda o‘tkazilgan tadqiqotda bunday emasligi aniqlandi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, ishtirokchilarning 60 foizi fitness mashqlaridan keyin uyqusida muammo kuzatilmagani ma’lum bo‘lgan. Shunday ekan, kun davomida vaqt topa olmaganlar bemalol kechasi jismoniy mashqlarni bajarishi mumkin.
Kechki ovqatda kam tuz qo‘shilgan taom iste’mol qilish
Tongda shishib uyg‘onishni istamasangiz, kechki ovqatga sho‘r taom yemaslik kerak. Gap shundaki, tuzi ko‘p ovqatdan keyin ko‘proq suyuqlik ichishni istash mumkin, uning qoldiqlari esa kechasi bilan organizmda suyuqlik mikrosirkulyatsiyasini to‘xtatib, ortiqchasini ushlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, tuz sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin. Tuzli taom iste’mol qilgan kunning ertasiga shishlar bilan uyg‘onishingizning sababi shundan. Sog‘lom turmush tarziga amal qilishni istasangiz, kechki ovqatga sabzavotlarni baliq yoki tovuq filesini iste’mol qiling.
Tushlik solinadigan qutini tayyorlab qo‘yish
Restorandagi yoki tayyor taomda bir martalik iste’molda olinishi kerak bo‘lgan kaloriya ikki baravarga ko‘p bo‘ladi. Ratsionda qancha ko‘p kaloriya bo‘lsa, energiya shuncha ko‘p sarflanishi kerak. Uyda tayyorlangan taom yoki yegulikda esa qancha kaloriyaga ega mahsulotlardan, qanday usulda va qaysi yog‘dan foydalanganingizni bilish mumkin. Ammo ertalab ish yoki o‘qishga shoshib, tushlikni avvaldan tayyorlab olishga vaqt bo‘lmasligi mumkin. Shu sabab kechasi tayyorlab, muzlatkichga qo‘yib qo‘yish tavsiya qilinadi.
Parda yoki darpardalarni yopib qo‘yish
Uyqu gormoni sifatida yaxshi ma’lum bo‘lgan melatonin organizmga ko‘proq kaloriya parchalashga yordam beradi. Uyquning yaxshi bo‘lishi, tetik va kuchga to‘lib uyg‘onish ham aynan mazkur gormonga bog‘liq bo‘ladi. To‘liq dam olish esa kishining kayfiyati va qaddi-qomati chiroyli bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Fiziologik jihatdan esa melatonin siz qorong‘i joyda bo‘lganingizda ishlab chiqariladi. Shu sababdan darpardalarni kechasi tushirib qo‘ying va turganingizdan keyingina ochib, havo almashtiring. Shuningdek, uyqudan avval gadjetlarni ham o‘chirib qo‘ying. Bu sizni ortiqcha vazn bilan kurashishingizga yordam berishi aniq.
Issiqlik pechini o‘chiring yoki derazalari ochib qo‘ying
Uyqu vaqtida yog‘ erishi siz uchun ideal, ammo bo‘lmagan gapdek tuyulishi mumkin. Ammo Amerika Milliy sog‘liq instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda 19 daraja haroratda uxlagan ishtirokchilarning 24 daraja haroratda uxlaganlardan 7 foiz ko‘proq yog‘ parchalangani ma’lum bo‘lgan.
Manba