Salomatlik Ayollar uchun Mikroto‘lqinli pechni kir va yog‘dan tozalash usullari

Mikroto‘lqinli pechni kir va yog‘dan tozalash usullari

O'qildi: 301


Mikroto‘lqinli pechni kir va yog‘dan tozalash usullari

Hamma mikroto‘lqinli pechlarda ham bug‘ yordamida tozalash funksiyasi bo‘lavermasligi mumkin. Bunday vaziyatlarda quyidagi tavsiyalar qo‘l kelishi aniq.

Foto: Getty Images

Limon, apelsin po‘stlog‘i, soda va sirka

Idishga 400 ml suv soling va unga bitta apelsin po‘stlog‘i va 2, 3 bo‘lak limon soling. Idishni mikroto‘lqinli pech ichiga 5 daqiqaga qo‘ying. Idishni olgandan keyin pech ichini toz quruq latta bilan arting. Bu orqali siz nafaqat tozalagan, balki ortiqcha hidlardan ham xoli etgan bo‘lasiz.

Sirka

Suvga uch qoshiq sirka qo‘shib, 5 daqiqaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. 10-15 daqiqa ochmang keyin esa gubka bilan artib tashlang.

Idish yuvadigan gel

Gubkani suvda namlab, idish yuvadigan gelga botirib oling va uni siqib ko‘pikli holatga keltiring, pech ichiga qo‘ying. 30 soniyadan keyin oling va shu gubka bilan pech ichini tozalang.

Layfxak: Mikroto‘lqinli pechdan yoqimsiz hid taralayotgan bo‘lsa, tarelkaga tuz, limon yoki qahva solib ertalabgacha yopiq holda qoldiring.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.