Salomatlik Ayollar uchun Uxlashdan avval amalga oshirish tavsiya etilmaydigan 10 ta zararli odat

Uxlashdan avval amalga oshirish tavsiya etilmaydigan 10 ta zararli odat

O'qildi: 302


Uxlashdan avval amalga oshirish tavsiya etilmaydigan 10 ta zararli odat

Uyqusizlikdan shikoyat qiluvchilar yotishdan avval amalga oshirayotgan xatti-harakatlarini nazorat qilishi kerak. Quyidagi 10 ta mashg‘ulot uxlashga yotishdan avval vaqt o‘tkazish uchun eng yomon g‘oyalardir.

Foto: Fiteria

Uyqusiz hayot kechirish qiyin, ayniqsa, kunduzi ishlash, o‘qish va yaqinlarga e’tibor berish kerak. Uyqu paytida jismoniy va hissiy jihatdan ham organizm tiklanadi. Agar inson tongda o‘zini xotirjam va kuchga to‘la his qilmasa, demak, bu uyquning sifatsizligini ko‘rsatadi. Uyqu sifatiga ko‘plab omillar ta’sir qilishi mumkin – kun tartibi, sog‘liq holati va yotishdan avvalgi mashg‘ulotlar. Eng yomoni esa yotishdan avvalgi xatti-harakatlardir, chunki ular uyquning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniq.

Ko‘p suyuqlik ichish

Ko‘pchilik kun davomida kamida 8 stakan suv ichishi kerakligini biladi, bu haqiqat. Ammo kuniga 6 stakan suyuqlik qabul qilinib, qolgan miqdorni yotishdan avval ichish yaxshi fikr emas. Yotishdan avval ko‘p miqdorda suv ichish tufayli yarim tunda uyg‘onishga to‘g‘ri keladi va ertasi kuni yuz yoki tanada shish paydo bo‘lishi mumkin.

Qiyin hazm bo‘ladigan ovqat iste’mol qilish

Aslida yotishdan avval ovqatlanish mumkin. Hattoki ozishni istaydiganlar ham. Ammo oziq-ovqat yengil, kam yog‘li va past kaloriyali bo‘lishi kerak. Uzoq muddatda hazm bo‘ladigan ovqatlarni yotishdan kamida 4 soat avval tanovul qilish kerak. Sababi organizmning gorizontal holatida hazm qilish tizimi to‘liq ishlay olmaydi. Yotishdan avval og‘ir taomlarni iste’mol qilish esa oshqozon buzilishiga olib keladi.

Kofein qabul qilish

Bu asab tizimi uchun kuchli stimulyator bo‘lib, u quvvatni faollashtirish uchun kerak bo‘ladi. Yotishdan avval qahva ichish odati uyquni qochirishga olib keladi. Sababi kofein uxlab qolishning oldini oladi. Shuni yodda tutish kerakki, kofein nafaqat qahva va qora choyda, balki energetik ichimlik va shokolad tarkibida ham bo‘ladi.

Uxlatuvchi tabletkalarni qabul qilish

Uyqusizlikda dori vositalarini ko‘pincha shifokorlar tavsiya qiladi. Ammo uzoq vaqt ularni qabul qilmaslik kerak. Uyqu tabletkalarini muntazam qabul qilish, ularga muhtojlikni va buning ortidan nojo‘ya ta’sirlar namoyon bo‘lishiga olib keladi.

Spirtli ichimliklar ichish

Spirtli ichimlik ichib yotish ham xuddi kofeinga o‘xshaydi. Uyquda inson miyasi kun davomida olingan ma’lumotlarni tizimlashtiradi. Bunga esa oz miqdordagi spirtli ichimlik ham xalaqit beradi va xotirani susaytiradi.

Videoo‘yinlar o‘ynash

Bo‘sh vaqtda ko‘pchilik smartfon yoki kompyuterda o‘yin o‘ynashni yoqtiradi. Bu dam olishning yaxshi usuli, ammo bu uyqudan avvalgi vaqtga to‘g‘ri kelmagan bo‘lsa. O‘yin miyaning barcha manbalarini o‘z ichiga oladi va shundan so‘ng tinchlanish hamda uxlash qiyin bo‘ladi. Bundan tashqari, odamlar ko‘pincha o‘yin o‘ynash vaqtida uxlashga mo‘ljallangan soatlarni yo‘qotadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazish

Shunchaki bir necha daqiqaga ijtimoiy tarmoqqa kirish orqali soatlab vaqt o‘g‘irlaganini sezmay qolish mumkin. Smartfon ekrani yoki monitordan tushayotgan nur esa uyqu holatiga ta’sir qiladi. Shuning uchun yotishdan avval elektron qurilmalardan foydalanishni to‘xtatgan afzal.

Ish masalalarini hal qilish

Agar ish shoshilinch yechimni talab etmasa, uni ertalabga qoldirgan ma’qul. Ish haqida o‘ylash tinchlanmaslik va uyquni chalg‘itishdir. Shuning uchun yotishdan avval elektron pochtani tekshirmaslik va xabarlarga javob yozmaslik tavsiya etiladi.

Dahshatli film tomosha qilish

Dahshatli filmlar odamda birinchi navbatda qo‘rquvni paydo qilish uchun ishlab chiqariladi. Agar yotishdan avval ular tomosha qilinsa, nafaqat uyqu sifati, balki ruhiyat ham zarar ko‘radi. Salbiy oqibatlar xavotirning kuchayishi, qo‘rquvning paydo bo‘lishi va vahima uyg‘otadi.

Jismoniy mashqlar bajarish

Sport bilan shug‘ullanish maqtovga sazovor ish. Ammo yotishdan avval shug‘ullanish yaxshi vaqt emas. Sababi tana jismoniy ishdan uyqu holatiga o‘tishi uchun bir qancha muddat talab etadi. Shuning uchun mashg‘ulotlarni yotishdan kamida uch soat avval amalga oshirish tavsiya etiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.