Salomatlik Ayollar uchun Qish mavsumida xonaki gullar parvarish uchun lozim bo‘lgan 3 ta muhim qoida

Qish mavsumida xonaki gullar parvarish uchun lozim bo‘lgan 3 ta muhim qoida

O'qildi: 397


Qish mavsumida xonaki gullar parvarish uchun lozim bo‘lgan 3 ta muhim qoida

Issiq ob-havoda xonaki gullarni deraza oldiga qo‘yish yoki tashqariga chiqarish mumkin. Albatta, bunday vaqtda parvarish uchun imkoniyatlar ko‘p. Ammo sovuq mavsum boshlanishi bilan xonalarda maxsus isitkich qurilmalari ishga tushiriladi. Shunday vaqtda uy ichida o‘stirilayotgan gullarga qanday yordam berish mumkin?Bu savolning javobi gul parvarishini xush ko‘ruvchilarni qiziqtirishi shubhasiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Oddiygina bir qoida mavjud. Unga ko‘ra, o‘simlikni sug‘orishdan avval barmoqni tuproqqa 2-3 santimetr chuqurlikkacha botirib ko‘rish lozim. Tuproq quruq yoki ho‘l emas, balki birozgina nam bo‘lishi kerak. Shunda gullar to‘g‘ri sug‘orilayotgani yoki yo‘qligi aniq bo‘ladi. Agar gul barglari sarg‘ayib borayotgan bo‘lsa, sug‘orishni cheklash lozim. Bordi-yu, yaproqlar qurib, jigarrang tusga kirayotgan bo‘lsa, u holda tez-tez suv quyib turish kerak.

Barglarda to‘planadigan chang fotosintez jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazadi, ayniqsa, quyosh nuri juda kam bo‘lgan qishki mavsumda. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan yumshoq nam matoda gul yaproqlarini artib turish tavsiya etiladi.

Agar gulning tashqi ko‘rinishida biroz o‘zgarish sezilsa, uni bug‘ yordamida isitilgan hammomga bir necha kunga qo‘yish kerak. Ayrim gullar xonaki bo‘lishiga qaramay, har qanday iqlimga moslashuvchan bo‘ladi. Quyida ularning bir nechtasi bilan tanishish mumkin.

Bromeliya – quyosh nuri va yorug‘likni yoqtirmaydi. Qish faslida bir necha hafta davomida suvsizlikka ham chidaydi.

Foto: “Domashniy ochag”

Aglaonema – deyarli har qanday iqlim uchun mos keladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Dollar daraxti – suv va yorug‘likni unchalik ham ko‘p talab qilmaydi.

Foto: “Domashniy ochag”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.