So‘nggi 10 yil ichida eskirgan 12 ta uy jihozi
2020-yilga kelib, kundalik hayotda juda ko‘p o‘zgarishlar yuz berdi. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘p narsalar eskirgan, ba’zilari allaqachon urfdan qolgan va ularni ishlatishga hech kimning vaqti ham bo‘lmaydi.
Foto: “Legko.com”Uy telefoni
Uyali aloqa paydo bo‘lishi bilan ushbu qurilma uzoq vaqtgacha yagona aloqa vositasi bo‘lib keldi. Hozirda ular ayrim korxonalarda saqlanib qolgan xolos. Keyinchalik tugmachali telefonlar paydo bo‘ldi va ularning taqdiri ham shunday yakun topdi. Ularni keksa avlod vakillarida uchratish mumkin. Shuningdek, bolalar uchun ham shu kabi qurilmalar xarid qilinadi, sababi buzilsa yoki yo‘qolsa ham zarar qilmaydi. Bugungi kunda esa aksariyat insonlar smartfonlardan foydalanishni afzal biladi.
Ventilyator
Bir vaqtlar issiqdan qochishning yagona chorasi edi. Endi esa ularni o‘rnini bosuvchi konditsioner mavjud. Ventilyator faqatgina havoni qisman sovutishni amalga oshirgan bo‘lsa, konditsioner ham isitib, ham sovutish imkoniyatiga ega.
Musiqa eshitish moslamasi
Bu qurilma o‘n yil avval kasseta va disklar, hattoki radio kanallarni uzatuvchi eng sevimli moslama edi. Endi esa hajman katta bo‘lgan ushbu qurilmani bir necha turli ko‘rinishdagi texnikalar egallab oldi. Garchi u ayrim xonadonlarda saqlanayotgan bo‘lsada, undan deyarli hech kim foydalanmaydi. Hozirda smartfon, notbuk yoki karnaylar ham xuddi shu vazifani bajara oladi.
Go‘sht maydalagich
Go‘sht maydalagich 10 yil avval har bir bekaning oshxonasidan topilar edi. Hozirda go‘sht mahsulotlarini tayyor qiymalangan holda sotib olish mumkin. Shuningdek, turli xildagi mahsulotlar uchun elektron maydalagich ham ishlab chiqarildi. Ushbu qurilma garchi hajman yirik bo‘lsada, vaqtni tejash borasida ancha afzalliklarga ega.
Oshxona kombayni
Ushbu qurilma bir vaqtlar hammani hayratga solar edi. Endi esa uni qo‘yish uchun joy ham yo‘q. Ularning o‘rnini mikser va blender egalladi. Ular har tomonlama qulay bo‘lib, foydalanilgandan so‘ng har bir qismini alohida yuvish shart emas.
Ko‘cha termometri
Endi derazadan tashqariga ilingan termometrni kuzatishning keragi ham yo‘q. Sababi smartfonning maxsus dasturlaridan foydalanish orqali ob-havo ma’lumotini bilib olish mumkin. Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi har doim ob-havo sharoiti to‘g‘risida ogohlantiirb, telefon raqamga xabar yuboradi.
Metall choynaklar
Bu yerda, albatta, qalin va suv qaynashi qyin bo‘lgan choynaklar nazarda tutilyapti. Hozirda ularning o‘rnini yupqa metalli hamda hushtak chaluvchilari yoki elektron choynaklar egalladi. Ular suvni uzog‘i bilan 5-10 daqiqada qaynatib beradi. So‘ngra qaynagandan so‘ng o‘zi avtomatik ravishda o‘chadi.
Budilnik
Endi ko‘pchilikning uyida budilnik avvalgidek bir xil ovozda jiringlamaydi. Ular ham o‘z o‘rnini smartfonning yana bir qulay dasturiga bo‘shatib berdi. Smartfondagi mavjud musiqalar yordamida uyg‘otgich tovushlarini istagancha o‘zgartirish mumkin.
Vafli qolipi
Vafli qoliplari ham ko‘p joy egallashi tufayli bekajonlarning oshxonasidan chiqib ketdi. Albatta, uning o‘rniga har tomonlama qulay, turli xil shirinliklar pishirish mumkin bo‘lgan bir necha shaklni o‘z ichiga olgan qurilmalar ishlab chiqarildi.
Bug‘li pishirgich
Texnika olamida multivarka paydo bo‘lishi bilan alohida pech hamda bug‘li pishirgichlar asta-sekin iste’moldan chiqa boshladi. Sababi multivarka joyni tejaydi, kerakli barcha narsani yog‘siz hamda belgilangan vaqtda pishiradi, shuningdek, ovqatni idishda iliq tutadi. Umuman olganda parhez va sog‘lom ovqatlanish qoidalariga amal qiladiganlar uchun ayni muddao.
Non pishirgich
Endi non pishirish uchun alohida qurilma oshxonada joy egallab turmaydi. Kamdan-kam hollarda uyda non pishirilishi mumkin. Odatda turli xildagi nonlar savdo rastalarida sotiladi. Agarda uyda pishirilgudek bo‘lsa, uni shirinlik, somsa, taom tayyorlasa ham bo‘ladigan pechda pishirib olish mumkin.
Yarim avtomat kir yuvish mashinasi
Avtomat bo‘lmagan kir yuvish mashinalariga qancha vaqt sarflash mumkin?U avval suv bilan to‘ldirladi, kiyimlar solinadi. Ma’lum daqiqadan so‘ng yana ular almashtiriladi va suv yangilanandi. Bularning barchasini inson qiladi. Kir yuvish mashinasi esa shunchaki kirlarni baland ovoz bilan aylantiradi. Ammo avtomat kir yuvish mashinasi bunday emas. Yuvilishi kerak bo‘lgan narsalar shundoqqina ichiga solinadi. Vaqt belgilanadi. O‘zi yuvib, quritib ham qo‘yadi. Natijada bekajonlar bu vaqtda boshqa ishlarini qilishga ulgurib qoladi.
Manba