Salomatlik Ayollar uchun Sochlarni tezroq o‘stirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar

Sochlarni tezroq o‘stirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar

O'qildi: 369


Sochlarni tezroq o‘stirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar

Sog‘lom sochlargina chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu ularning qalin, yorqin va uzunligiga ko‘ra namoyon bo‘ladi. Albatta, kosmetologlar tavsiya etadigan qimmatbaho shampun va niqoblar ham foydali bo‘lishi mumkin, lekin bu birinichi navbatda tashqi ta’sir hisoblanadi. Shuningdek, sochlar uchun muolajada avvalo, ratsionga foydali mahsulotlar kiritish va ularning iste’moli tufayli yaxshi natijaga ham erishish mumkin.

Foto: Marie Claire

Losos balig‘i

Foto: Marie Claire

Losos balig‘i – D vitamini, omega-3 yog‘ kislotalarining omboridir. Bularning barchasi sochga yorqinlik bag‘ishlaydi. Soch follikulalarini hujayra darajasida mustahkamlaydigan mikroelementlar bo‘lib, ularning tez o‘sishiga yordam beradi. Bundan tashqari, mahsulot tarkibida B12 vitamini va temir moddasi mavjud bo‘lib, ular bosh terisini yaxshilaydi.

Sariq bulg‘ori qalampiri

Foto: Marie Claire

Sochlarni tovlanmasligining yana bir sababi – stress. Sressga qarshi kurashish va immunitetni mustahkamlashda sariq bulg‘ori qalampiri apelsinlarga qaraganda besh baravar ko‘proq samara beradi. Salatlarga oz miqdorda qo‘shilgan sariq bulg‘ori qalampiri soch follikulalarini tiklaydi va soch tolasining gullashini oldini oladi.

Dengiz mollyuskasi

Foto: Marie Claire

Sink moddasi oqsil almashinuvining muhim tarkibiy qismi sifatida sochlar uchun juda zarur. Bundan tashqari, sink tufayli ular yanada qalinlashadi. Tanadagi ushbu elementlarning zaxirasini to‘ldirish uchun dengiz mollyuskasini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Uning bir donasi tanada bir kunlik sink miqdori bilan ta’minlaydi.

Tuxum

Foto: Marie Claire

Tuxum, oqsil, biotin va B12 manbasi hisoblanadi. Shuningdek, tuxum sarig‘i ham soch uchun alohida ahamiyatga ega. Lekin juda ko‘p iste’mol qilish boshqa noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun uning iste’molini haftasiga 3 donadan oshirmaslik tavsiya etiladi.

Bodom

Foto: Marie Claire

Bodom hujayra membranalari uchun foydali bo‘lgan yog‘ kislotalarining manbasidir. Ular hujayra ichidagi namlikni saqlashga yordam beradi, sochlarning suvsizlanishga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, erta qarishning ham oldini oladi. Bodomning o‘zini ko‘p miqdorda iste’mol qilishdan saqlanish zarur. Uni salatlar yoki shirinliklar tarkibida tanovul qilish ham yaxshi samara beradi.

Pista

Foto: Marie Claire

Pistaning alohida ahamiyati E vitamini bo‘lib, u nafaqat yurakning me’yorida ishlashi va qon tomirlarining sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi, balki hujayralararo modda almashinuv jarayonini faollashtiradi. Bundan tashqari, urug‘lar selenga boy bo‘lib, u zararli ultrabinafsha nurlanishidan va atrof-muhitning boshqa salbiy omillarida tabiiy himoya qiladi.

Kartoshka

Foto: Marie Claire

Kartoshka tarkibida qimmatbaho beta-karotinlar, tabiiy yoshlik eleksiri va A vitaminining xavfsiz manbasi mavjud. Uning yetishmovchiligi bosh terisi po‘stlog‘i va soch tolasi siyraklashishiga olib keladi. Sochlarning sog‘lig‘i uchun hujayra darajasida mas’ul bolgan beta-karotinlar sabzi va o‘riklarda ham uchraydi. Ammo kartoshkada boshqa foydali elementlar ham mavjud.

Avokado

Foto: Marie Claire

Dietologlarning eng sevimli mahsulotlaridan biri – turli xil vitamin va minerallarga boy avokadodir. Uning tarkibida A, C, E, D, P va K vitaminlari mavjud. Haftasiga 1-2 marta avokado iste’mol qilish sochlarning o‘sishi va yangilanishini rag‘batlantiradi. Quruqlik va mo‘rtlikdan himoyalaydi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.