Homiladorlar uchun moda qoidalari: Bo‘lajak onalar qanday qilib zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin? (foto)
Ayol kishi har qanday holatda ham go‘zal ko‘rinishi mumkin, buning uchun homiladorlik to‘siq bo‘la olmaydi. BeOn Style moda maktabining stilisti Anna Ayvazyan bilan birgalikda bo‘lajak ona qanday qilib o‘zini qulay his qilishi va ajoyib ko‘rinishda bo‘lishini bilib olish mumkin.
Foto: CosmopolitanHomilador ayollarning garderobidan asosan badanga yoqimli va harakatga to‘sqinlik qilmaydigan tabiiy matoli kiyimlar joy olishi kerak. Soat sayin o‘sib borayotgan bolaga noqulaylik tug‘dirmaslik uchun qorin sohasini hech narsa siqib turmasligi juda muhim.
Mos keladigan libos uchun, albatta, maxsus do‘konlarga borish shart emas. Hozirda juda ko‘p kiyimlar oversayz uslubida bichilgan bo‘lib, ular homiladorlar uchun ham bir qancha qulayliklar yaratadi. Xudi yoki jemperlarning keng bichimdagilari nafaqat hozirgi holatda, balki farzand dunyoga kelganidan so‘ng ham foydali hisoblanadi.
Foto: Instagram / @annaayvazyanHar bir ayol ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda, albatta, bir savolni beradi: homilador ayol yopishib turuvchi libos kiyishi kerakmi yoki yo‘q?Ko‘pgina yulduzlar esa o‘zining holatini namoyon qilish maqsadida shunday libos kiyishi mumkin. Agar homilador ayol vazni me’yordan ortiq bo‘lmasa, matosi yumshoq va tabiiy bo‘lgan liboslarni istaganicha kiyishi mumkin. Ammo zich, qattiq va elastik bo‘lmagan matolardan qochish tavsiya etiladi. Ular noqulaylik bilan birga, tanada yoriq va burmalarni hosil qiladi.
Foto: Instagram / @annaayvazyanBu davrda garderobdagi liboslar o‘lcham tanlamasligi kerak. Bezaklarga boy hamda murakkab bichimga ega liboslar har hafta o‘zgarib borayotgan qomatga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Iloji boricha oddiy uslublarga aksessuarlar yordamida bezak berish tavsiya etiladi.
Foto: Instagram / @annaayvazyanHomiladorlik davrida noqulay oyoq kiyim va og‘ir sumkalardan cheklanish kerak. Shuningdek, qattiq belbog‘larni biroz keyinga qoldirgan ma’qul. Agar belga urg‘u berish kerak bo‘lsa, yumshoq yoki elastik belbog‘lardan foydalanish kerak. Shundagina ular noqulayliklarni keltirib chiqarmaydi.
Baland poshnalardan butunlay voz kechish shart emas. Muhimi, ular 4-5 santimetr balandlikda bo‘lishi kerak. Homiladorlik davrida oyoqlarning shishib ketishini inobatga olgan holda ularning biroz kattaroq o‘lchamdagisini xarid qilish mumkin. Shuning uchun ham bo‘lajak onalarga ko‘proq yumshoq keda, krossovka va botinkalar tavsiya etiladi. Ular qulaygina bo‘lib qolmay, ayolning obrazini ham boyitadi.
Foto: Instagram / @annaayvazyanHomilador ayollar qorinni tepasi bilan qoplab turuvchi shimlarga murojaat qilganlari yaxshi. Ularni biroz uzunroq kardigan yoki jemperlar bilan birlashtirish mumkin.
Foto: Instagram / @annaayvazyanEng baxtli onlarda tashqi ko‘rinishni unutish juda katta xato. Garderobdagi aksariyat liboslar endi mos kelmay qolgan bo‘lsa-da, ajoyib tasvirlar bilan har kim o‘zini quvontirish imkoniyatiga ega. Yodda tutish kerak, ijobiy his-tuyg‘ular sog‘lom homiladorlikning kalitidir.
Manba