Salomatlik Ayollar uchun Xavfsiz oshxona: tok urganda, kuyish va pichoq kesganda nima qilish kerak?

Xavfsiz oshxona: tok urganda, kuyish va pichoq kesganda nima qilish kerak?

O'qildi: 355


Xavfsiz oshxona: tok urganda, kuyish va pichoq kesganda nima qilish kerak?

Shoshib taom tayyorlaganda yoki ehtiyotsizlik sabab oddiy kuyish hamda kichik tilinishga vaqtida e’tibor berilmasa, turli jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Har qanday uskunaning xizmat qilish yili turli bo‘ladi. Turli oqibatlarning oldini olish uchun texnik vositalarni har 10 yilda almashtirib turing. Har doim shkaf eshiklarini yopib yuring. Yo‘qsa siz yoki yaqinlaringiz unga urilishingiz mumkin.

  • Taom yoki yegulik pishirishdan avval pechni toza va ovqat qoldiqlari qolmaganligiga e’tibor qarating. Qovurganda, bulyon qaynatganda va ovqat tayyorlash jarayonida ehtiyot choralariga amal qiling.
  • Sochiq va lattalarni pechdan uzoq joyga qo‘ying.
  • Pishayotgan taomni e’tiborsiz qoldirmang. Qandaydir sabab bilan oshxonadan chiqishingizga to‘g‘ri kelsa, taymerda vaqt belgilab qo‘ying.
Oshxonada yong‘in

Tovadagi yog‘ yonishni boshlasa, zudlik bilan uning ustini yopib qo‘ying. Kislorod kirmasligini ta’minlash orqali olovni o‘chirish mumkin. Ammo shishadan yasalmagan qopqoqdan foydalanishga harakat qilganingiz yaxshi. Olovni sochiq, latta yoki suv bilan ham o‘chirishga harakat qilmang.

Kuyishda birinchi yordam

Kuyishda teri qizarishi, ayrim hollarda esa pufak paydo bo‘lishi mumkin. Shunchaki qizargan va biroz og‘riq kuzatiladigan jarohatga uy sharoitida birinchi yordam ko‘rsatish mumkin. Pufak va chuqurroq jarohatlar kuzatilgan holatlarda esa zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

  • Qasqon yoki qozonda taom pishirganda bug‘dan kuymaslik uchun qopqog‘ini ehtiyot bo‘lib, chetga qaratib oching.
  • Qizigan yog‘ga mahsulotlarni tashlamang, ehtiyotkorlik bilan sekin-asta qo‘yib chiqing. Pech eshigini ochganda va yopganda, sochiq yoki maxsus sochiqlar bilan ushlang.
  • Kuyish holati kuzatiladigan bo‘lsa, qo‘lingizga muzdek suvni 3-4 daqiqa oqizib turing. Bu og‘riqni kamayishi va yallig‘lanishni yengillashishiga hissa qo‘shadi. Yog‘ yordam bera olmasligi, muz terini yanada jarohatlashi mumkinligi sabab ham ulardan foydalanmaslik tavsiya qilinadi.
Pichoq, qirg‘ich va blender

Qanchalik, g‘alati tuyulmasin yaxshi charxlangan pichoq turli shikastlanishlarning oldini oladi. Gap shundaki, o‘tmas pichoq bilan meva va sabzavot yoki boshqa mahsulotlarni kesishga ko‘proq kuch sarflanadi. Bunday urinish vaqtida esa jarohatlanish hech gap emas. Qolaversa, quyidagilarga amal qilish ham turli ko‘ngilsizliklarning oldini oladi.

  • Pichoqdan xavfsiz foydalanishni bilish, mahsulotni barmoq uchlarini qayirgan holda ushlash kerak.
  • Yuvishda ham pichoqni o‘zingizdan uzoqroq tutishga harakat qiling.
  • Qirg‘ichdan foydalanganda qo‘llar jarohatlanishi hech gap emas. Bunday vaqtda meva yoki sabzavotni oxirigacha chiqarishga urinsangiz, qo‘lingizni tilib olasiz.
  • Konservalangan bankalarni ochishdan avval ularni yaxshilab yuvib oling, bu orqali siz jarohatlangan taqdirda ham infeksiya tushishining oldini olgan bo‘lasiz.
  • Ishlayotgan vaqtida blenderdan qo‘lingizni uzoqroq tuting va tokdan olganingizga ishonchingiz komil bo‘lganidan keyingina yuving.
  • Pech va mikroto‘lqinli pech ichiga qo‘yishdan avval idishning qanchalik issiqlikka chidamli ekanini tekshirib ko‘ring.
Pichoq bilan kesib olganda birinchi yordam

Pichoq bilan kesib olish holati kuzatiladigan bo‘lsa, hushni yo‘qotmaslik uchun o‘tirib oling va qo‘lingizni sovuq suvga tuting. Keyin doka yoki salfetkani jarohat ustiga bosgan holda qo‘lingizni yana 30 soniya sovuq kompress bilan ushlab turing. Jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi sabab bee’tibor bo‘lmasdan shifokorga murojaat qiling.

Teridagi allergik reaksiyalar

Ayrim mahsulotlarni archish davomida kishida allergik reaksiya kuzatilishi mumkin. Bunday vaziyatda birinchi navbatda qo‘llarni sovuq suvda yuvish, keyin esa allergiyaga qarshi vosita qabul qilish kerak. Agar shundan keyin ham o‘zgarish yuz bermasa, tibbiy yordamga murojaat qilish lozim.

Tok urishi

Xavfsizlik chorasi sifatida oshxonadagi texnik buyumlarni 20 yildan keyin almashtirish, rozetkalarni ham ko‘zdan kechirib turish kerak. Vaqtincha hushdan ketish holati kuzatilsa yoki tok urishining zarbi kuchli bo‘ladigan bo‘lsa, tez yordam chaqirish kerak.

Ko‘zga narsa kirishi

Oshxonada qo‘l bilan ko‘zga teginmaslik kerak. Yot jismning ko‘zga kirishi ko‘z shilliq qavatini zararlab, turli jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Ko‘zning pastki qovog‘ini tortib, toza suv bilan yuving. Keyin yuqori qovoq bilan ham shunday qiling. Ko‘zga issiq yog‘ sachraganda, sovuq suv og‘riqni kamaytirishga hissa qo‘shadi. Og‘riq o‘tib ketmasa va ko‘rishda muammo bo‘lsa, zudlik bilan mutaxassisga murojaat qiling.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.