Samolyotda o‘zingiz bilan olish kerak bo‘lgan 5 ta buyum (foto)
Parvoz vaqtida bezovtalik kelib chiqmasligi uchun samolyotda o‘zingiz bilan olib ketiladigan buyumlar haqida bilasizmi?Quyida ular bilan tanishib chiqing.
Uyqu niqobi va quloq berkitgichlar
Foto: Travel AskSamolyotda uyquga ketish unchalik ham oson emas. Derazadan tushadigan yorug‘lik, qo‘shnining ovozi va shunga o‘xshagan holatlar bunga xalaqit beradi. Ushbu noqulayliklarga duch kelmaslik uchun uyqu uchun taqiladigan niqob hamda quloq berkitgichlarni yon sumkada saqlash tavsiya etiladi.
Quloqchinlar
Foto: Travel AskAlbatta, samolyotda ham quloqchinlar mavjud. Ammo ulardagi ovoz sifati pastligi tufayli eshitish biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun uydagi quloqchinlar yukni unchalik ham og‘irlashtirmasligi aniq, shuningdek, parvoz davomida undan unumli foydalanish mumkin.
Pasport nusxasi
Foto: Travel AskQo‘l sumkasiga nafaqat pasport, balki ularning nusxasidan ham solish kerak. Vaziyat kutilmagan ko‘p narsani talab qilishi mumkin. Masalan, pasportning yo‘qolishi natijasida parvozda muammolar paydo bo‘lishi hech gap emas. Shuning uchun uning nusxasi bilan elchixonaga bora olish va yuklarni olish mumkin.
Yomg‘irpo‘sh
Foto: Travel AskHamma samolyotlarda ham aeroport binosiga olib boruvchi maxsus zinapoyalar mavjud emas. Ba’zida binoga kirish uchun aerodrom atrofida biroz sayr qilishga ham to‘g‘ri keladi. Shunday vaqtda yomg‘ir yog‘ishni boshlasa, yomg‘irpo‘sh eng kerakli buyumga aylanadi.
Og‘riqsizlantiruvchi dori vositalari
Foto: Travel AskBir necha soat davomida parvoz qilish, albatta, bosh yoki bo‘g‘imlar og‘rig‘iga olib keladi. Shuning uchun og‘riqsizlantiruvchi dori vositasi hamisha eng yaqin joyda saqlanishi kerak. Bundan tashqari, dori vositasining nomi aniq hamda qadog‘i oson ochilishi kerak.
Manba