Original atirni qalbaki atirdan ajratish uchun 7 tavsiya
Boshqa kosmetik vositalar singari atirlarning ham asli va qalbakisi bo‘ladi. Aldanib qolmaslik va brenddan oldim deb pulni ko‘kka sovurmaslik uchun xarid vaqtida e’tiborli bo‘lish lozim.
Foto: FreepikQadoqni ko‘zdan kechiring
Asl atirlarning sellofani hech qachon yelim yordamida yopishtirilgan bo‘lmaydi, qizdirish yo‘li bilan amalga oshirilgani uchun choklari bir tekisda bo‘ladi. Qutining ustki yoki pastki qismida nakleyka ko‘rinishida to‘rtburchak yoki dumaloq muhr bo‘lishi lozim.
Shtrix-kod
Shtrix-kod ishlab chiqarilgan mamlakat kodiga to‘g‘ri kelishi kerak. Haqiqiy Fransuz atiri hech qachon Xitoy yoki Bangladeshda litsenziya asosida shishalarga solinmaydi. Asosiy ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning shtrix-kodlarining birinchi raqamlarini bilib qo‘yganingiz yaxshi: Fransiya — 30-37, Italiya — 80-83, Buyuk Britaniya — 50, Germaniya — 400-440, Ispaniya — 84, AQSh va Kanada — 00-09.
Partiyaning seriya raqami
Haqiqiy atir flakonida “Eau de Toilette, 50 ml” ga o‘xshash nakleyka, unda esa seriya raqami yozilgan bo‘ladi. Brenddan kelib chiqib bu bir nechta raqam yoki raqam va harflardan iborat bo‘ladi. Bu raqam kartonli qadoqda ham bo‘lishi kerak. Asl atirlarda har ikki raqam bir-birga to‘g‘ri keladi.
Quti ichida karton
Soxta atirlarda ham karton bo‘lishi mumkin, ammo odatda haqiqiy atirlarda flakon qutiga qadalib qolmasligi uchun shunday qilinadi. Bu mayda ko‘rilgan detalga soxta atir ishlab chiqaruvchilar aksariyat hollarda ortiqcha mablag‘ sarflashni istamaydi.
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Asl atirlar karton qutisi ustiga odatda mayda qilib “Made in France” yoki “Made in Italy” deb yozib qo‘yiladi. “Paris—London—New-York” ga o‘xshash yozuvlar shubhalanishga sabab bo‘la oladi.
Qadoq ustidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘qing
Asl atirlarda mayda yozuv bilan ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati va tarkibi yozilgan bo‘ladi. Soxta atir ishlab chiqaruvchilar esa bunday batafsil ma’lumot berish shart emas deb hisoblaydi.
Narxi
Asl atir hech qachon o‘z narxidan ikki-uch barobar arzon bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, aksiyalarga ishonmaslik tavsiya qilinadi.
Manba