Jaziramada inson o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradigan samarali 5 usul
Issiq kunda tetik, energiyaga to‘la bo‘lishingizga yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Foto: Marie ClaireHavo o‘tkazadigan kiyim kiying
Havo o‘tkazadigan matodan tikilgan liboslarni kiying. Bunday kiyim-kechaklar nafaqat tanani isib ketmasligiga hissa qo‘shadi, balki organizm ahvolini havo harorati rekord darajada baland bo‘lgan ko‘rsatkichlarda ham me’yorda ushlashga yordam beradi. Bugungi kunda bunday matodan tikilgan shu bilan birga o‘ziga xos bichimli liboslarni topish ham mushkul emas. Dastlab paxta, lyon va viskozdan tikilgan kiyim modellariga e’tibor qarating.
Suv ichishni kanda qilmang
Yilning barcha mavsumida, ayniqsa jaziramada suv ichishni kanda qilmang. Bu kun davomida 20 stakan suv ichish kerakligini bildirmaydi. Organizm ayniqsa teri namligini saqlash uchun kunlik me’yorning o‘zi kifoya. Shuningdek, sport bilan muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanganda va issiq havoda terlaganda 8 stakandan ko‘proq suv ichish kerak. Asosiysi suv balansi me’yorda bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak.
SPF kremdan foydalanish
SPF kremdan muntazam ravishda foydalanish organizmni holdan toyishdan himoya qiladigan asosiy qoida hisoblanadi. Qolaversa, ushbu vositadan nafaqat issiq havo balki boshqa mavsumlarda ham foydalanish kerak. Asosiysi uning to‘g‘risini tanlashda e’tiborli bo‘lish: vosita haddan ortiq suyuq, quyuq yoki yog‘li bo‘lmasligi kerak. Aks holda poralar to‘lib qolishi teri namlanishini bloklab qo‘yishi mumkin.
Tungi parvarish vositalarini unuting
Jaziramada iloji boricha quyuq parvarish vositalaridan foydalanmagan yaxshi. Quyuq krem va zardoblarni ishlatmang, ammo uyqudan avval terini namlantirish kerakligini unutmang. Tun terining tiklanishi uchun eng yaxshi vaqt, chunki aynan bu paytda regenerativ jarayon har doimgidan ham jadalroq bo‘ladi.
Muzli va sovuq vositalardan foydalanishda me’yorni biling
Tananing qizib turgan qismiga muz solingan paket qo‘ya ko‘rmang. Buning o‘rniga puls tekshiriladigan tana qismlari masalan, bilak, bo‘yin yoki chakkaga qo‘ying. Bu usul bilan tananing sovish jarayonini tezlashtirishingiz mumkin.
Manba