Issiqdan bezovta bo‘lmay uxlashga yordam beradigan 9 tavsiya
Jazirama ekanligiga qaramay, qulay va tiniqib uxlashga yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Foto: CosmopolitanDarpardalarni namlang
Xonadagi havo bir zumda yangilanishi uchun darpardalarni suv purkagich bilan namlang. Havo harorati bir necha darajaga pasayganiga guvoh bo‘lasiz.
Texnikalarni o‘chirib qo‘ying
Hech bo‘lmaganda uyqudan avval elektron texnikalarni o‘chirib qo‘ying. Alohida qizigani bilinmagani bilan hammasidan chiqqan issiqlik yig‘ilib xonani isishiga hissa qo‘shishi mumkin.
Paxta matosidan tikilgan libos kiying
Yumshoq, havo o‘tkazadigan va paxta matosidan tikilgan kiyimlarni kiying. Teringiz nafas oladi va boshqa kiyimlardagidek qizib ketmaysiz.
Ortiqcha suyuqlik
Qanchalik issiq bo‘lmasin, yotishdan avval ortiqcha suyuqlik ichmang. Kechasi uxlashga qiynalasiz, yaxshisi yoningizga stakanda muzdek suv quyib qo‘ying.
Layfxakdan foydalaning
Yangi paypoq ichini guruch bilan to‘ldirib 2 soatga muzlatkichga qo‘yib qo‘ying. Qizib ketganda tetiklashish va o‘zingizga kelish uchun uni tizza, chakka, to‘piq va bilak sohasiga qo‘ying.
Yerga joy solib yoting
Issiq havo xonaning tepaga ko‘tariladi, sovug‘i esa pastda bo‘ladi. Aynan shu sabab ham polga joy solib yotish tavsiya qilinadi.
Bilaklarni namlab turing
Issiq vaqtda bir necha daqiqa davomida bilaklarni namlab turish kerak bo‘ladi.
Choyshablar
Uyqudan avval choyshablarni bir necha daqiqaga muzlatkichga qo‘ying.
Haroratni pasaytiring
Konditsioner bo‘lmasa, ventilyatordan foydalaning. Uning oldiga muz solingan plastik idish qo‘yib qo‘ying va 15-20 daqiqa kuting.
Manba