Issiqdan saqlanishga yordam beradigan 8 tavsiya
Issiqni yengishga yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Foto: Getty ImagesChuqur nafas oling
Qizib ketganingizni his qilishingiz bilan bir necha daqiqa davomida chuqur nafas oling. To‘g‘ri nafas olish organizmning termoregulyatsiyasiga yordam beradi.
Yalpizli sprey tayyorlang
Yalpiz bargining ustiga qaynoq suv quying, soviganidan keyin butilkaga soling va tana hamda yuzingizga purkang.
Layfxak
Ventilyatorning oldiga suv solib muzlatilgan plastik idishlarni qo‘ying.
Achchiq taom iste’mol qiling
Qon aylanishini jadallashtirgani sabab ham achchiq taom termoregulyatsiyani yaxshilaydi. Qolaversa, qalampir tarkibidagi kapsaitsin tana haroratini oshirmasdan yaxshilab terlashga olib keladi.
Kompresslardan foydalaning
Pulsni o‘lchasa bo‘ladigan tana qismlari – bilaklar, tovon va chakkaga muz solingan paket qo‘ying.
Aloy sharbatidan foydalaning
Aloy sharbati quyosh nurlaridan keyingi kuyish va qizishdan keyin terini sovutishi mumkin bo‘lgan yagona vosita hisoblanadi. Ammo shunga qaramay unda issiqqa qarshi kurashishda foydalansa ham bo‘ladi. Buning uchun aloyli gelni puls o‘lchanadigan tana qismi masalan, bilakka surtish kifoya. 5-10 daqiqada tana harorati pasayadi.
Choyshablarni muzlating
Plastik paketga solingan choyshablarni bir necha soatga muzlatkichga qo‘ying.
Yana bir samarali tavsiya
Muz yoki muzlatilgan guruchni yaxshilab yopiladigan paketlarga solib choyshab va to‘shak orasiga qo‘ying. Yo bo‘lmasa yangi paypoq ichiga guruch solib muzlatkichga qo‘ysangiz ham bo‘ladi.
Manba