Salomatlik Ayollar uchun Jazirama harorat: Smartfoningiz qizib ketishining sabablari va oldini olish yo‘llari

Jazirama harorat: Smartfoningiz qizib ketishining sabablari va oldini olish yo‘llari

O'qildi: 291


Jazirama harorat: Smartfoningiz qizib ketishining sabablari va oldini olish yo‘llari

Smartfon yoki noutbuk bo‘ladimi, texnika haroratning haddan tashqari ta’sirlanishiga, ayniqsa qizib ketishiga juda sezgir. Smartfon bilan bunday holat sodir bo‘lishi mumkinligini qanday bilish mumkin?

Foto: Getty Images

Mutaxassislar qurilmangiz yomon holatda ekanligini anglatadigan bir nechta oddiy belgilarni ta’kidlab o‘tadi. O‘z vaqtida ularga e’tibor berish juda muhim:

  • korpusdan chiqadigan doimiy shovqin — bu sovutish tizimining shikastlangan yoki kirlanganini bildiradi;
  • FPS’ning pasayishi(videokontent va o‘yinlardagi kadrlar chastotasi), qotish va buyruqlarga uzoq vaqt javob bermaslik(video deyarli doimiy yuklash rejimida, ekran sizning harakatlaringizga javob bermaydi va hk.);
  • to‘satdan o‘chib qolish. Bu haddan tashqari issiqlikning so‘nggi bosqichida yuz beradi. Kuyishdan himoya qilish mexanizmi noutbuk issiqda uning ishlash chegarasiga yetganida ishga tushiriladi. Bu smartfonlarga ham tegishli;
  • batareya yaxshi quvvat olmaydi(sekin yoki chala), tezda quvvati tugaydi. Oxir-oqibat u quvvatlana olmaydi;
  • qurilmaning seziladigan darajada qizishi, korpusning tez isib ketishi. Barmoqlar bilan ilgari bunday bo‘lmaganini sezishingiz mumkin.
Nima qilish kerak?

Agar yuqorida sanab o‘tilgan muammolardan biriga duch kelsangiz, zudlik bilan quvvatlantirgichdan uzib, qurilmani o‘chirib qo‘ying, biroz sovigach, ishonchli sertifikatlangan xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring.

Foto: Getty Images

Bundan tashqari gadjetingiz bilan bog‘liq bunday muammolarning oldini olishga yordam beradigan bir qator oddiy choralar ham mavjud:

  • Noutbuk/smartfonni mashinada qoldirmang.
  • Hozirda noutbuklar uchun ko‘plab sovutish tagliklari mavjud. Ulardan foydalaning.
  • Smartfoningizni modem sifatida ishlatasizmi?Haroratini kuzatib boring. Ushbu rejim qo‘shimcha harorat yukini beradi.
  • Noutbukni “uyqu holatiga” qo‘ymasdan, butunlay o‘chirib qo‘ying. Bu, ayniqsa, SSD-disklarga ega qurilmalar uchun juda muhimdir.
  • Agar noutbukingizni plyajga olib borgan bo‘lsangiz, unga quyosh nurlari va qum tushmasligiga ishonch hosil qiling. Xuddi shu narsa smartfonlarga ham tegishli(ular noutbuklarga qaraganda ancha tez qiziydi)
  • Nosozliklar bo‘lsa, vakolatli xizmat ko‘rsatish markazidan foydalaning va komponentlarni faqat original qismlariga almashtiring.
  • Eng muhimi: original quvvatlantirgichlardan foydalaning. To‘g‘ri, ular qimmatroq, ammo sizni asabbuzarliklardan asraydi.


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.