Salomatlik Ayollar uchun Yozda bolani mashina ichida qoldirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Yozda bolani mashina ichida qoldirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

O'qildi: 290


Yozda bolani mashina ichida qoldirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Amerikalik Maykl Xarrison har kuni tonggi 5 da uyqudan turib o‘g‘li Charlzning qabridan olingan tuproq solingan idishlarga barmoqlarini soladi. Charlz 2008-yil 8-iyul, bog‘chaga chiqqanining 3-kunida, o‘gay otasining mashinasida hayotdan ko‘z yumgan. Otasi 1 yarim yashar bolani bog‘chaga tashlab, keyin ofisga ketishi kerak bo‘lgan. Ammo xayolidan ko‘tarilib, ishiga yetib borganida eshikni qulflab mashinani tark etgan. Kechki soat 5 da hamkasbi yoniga kelib, undan mashinasining orqa o‘rindig‘idagi qanday qo‘g‘irchoq ekanini so‘ragan. O‘q tezligida tashqariga otilib chiqqan Maykl bolaning o‘lik tanasini mashinadan chiqarib olgan. So‘nggi 10 yil AQShda bunday holat, taxminan, 750 marta takrorlangan.

Foto: “Domashniy ochag”

Quyoshli yerda qoldirilgan mashinaning nimasi xavfli?

Yopiq va quyoshli yerda to‘xtatilgan avtomobilda nafas olish 10-15 daqiqadan keyin qiyinlashadi. Bir soatdan keyin mashina ichidagi harorat hayot uchun xavfli darajaga yetadi. Bunday vaqtda soya ham yordam bera olmaydi. Bunga amerikalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan va natijasi Time jurnalida e’lon qilingan eksperiment ham misol bo‘la oladi. Kumushrang yopiq avtomobil kumushrang ekonom-klass mashina va oq miniven Arizona shtatining Tempe shahridagi quyoshli avtoturargohda qoldirilgan. Va yana shuncha mashina soyaga qo‘yilgan. Iyun va iyul oyida bir necha kun davomida tadqiqotchilar haroratni o‘lchagan va keyinroq 2 yashar bola bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyat modellashtirgan.

Eksperiment natijasiga ko‘ra, miniven salonidagi harorat uzoq vaqt davomida, ekonom-klass mashinasidagi harorat esa tezda isib ketishi aniqlangan. O‘rtacha bir soatdan keyin quyosh ostida bo‘lgan avtomobil Selsiy shkalasi bo‘yicha taxminan 45-47 darajali saunaga aylanadi. O‘rindiq, rul, boshqarish paneli yanada kuchli qiziydi. Soyada turgan mashinalar salonidagi harorat esa bir soatdan keyin 38 daraja bo‘lgan.

Bola yopiq mashinaning ichida qolsa nima bo‘ladi?

Uzoq vaqt davomida yopiq, havo kirmaydigan hamda harorat mo‘tadil ko‘tariladigan joy ichida qolish bola uchun xavfli ekanining sababi bola organizmi kattalarnikiga nisbatan 5 karra tezroq qizishida. Tana haroratini to‘g‘rilashi uchun ko‘proq namlik ajraladi. Bola terlaydi, suvsizlanish kuzatiladi, ichki a’zolar va miyada muammolar kuzatiladi. Oqibatda hushini yo‘qotgan bola komaga tushadi.

10 daqiqa ham rol o‘ynashi mumkin

Issiqda hatto, 10 daqiqa qolish ham xavfli. Bunday vaqtda yoshi katta odam baxtsiz voqeaga duch kelishi, infarkt va insult bo‘lib qolishi, hatto to‘satdan vafot etishi bola mashinadaligini esa hech kim bilmay qolishi mumkin. Avtomobil salonidagi harorat asta-sekinlik bilan ko‘tarilishi mumkin, ammo bola organizmining suvsizlanishi bir zumda bo‘ladi. Yarim soat mashinada qolish nafaqat inson salomatligi, balki ruhiy holatiga ham ta’sir qilishi mumkin. Qolaversa, yilning istalgan vaqtida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa hodisalar ham yuz berishi, noto‘g‘ri joyda to‘xtalgan mashina evakuatsiya qilinishi, katta yoshli bolalar mashinani haydashi mumkin.

Hayvonlar qoldirilsa-chi?

Shuningdek, it va mushuklarni qoldirish tavsiya qilinmaydi. Ter ajralmagani va nafas olishga qiynalishi hushini yo‘qotishga olib keladi. Qolaversa, ularning tana harorati odamlarnikiga nisbatan yuqori ekanini inobatga olish kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.