Salomatlik Salomatlik Xotirani yaxshilashga yordam beradigan 10 tavsiya

Xotirani yaxshilashga yordam beradigan 10 tavsiya

O'qildi: 323


Xotirani yaxshilashga yordam beradigan 10 tavsiya

Ma’lumotlarni eslab qolish bilan bog‘liq muammolarni oldini olish uchun nima qilish kerak? “Domashniy ochag” nashri bu borada yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Hamma narsaning o‘z joy bo‘lsin

Ko‘zoynak, kalit yoki boshqa buyumni qayerga qo‘yganingizni eslay olmaydiganlarga qo‘l keladigan tavsiya: hamma narsaning doimiy turadigan joyi bo‘lsin va har safar ishlatgandan keyin o‘sha joyga qo‘ying. Shunda topishingiz mushkul bo‘lmaydi.

Hamma muhim ma’lumotlarni yozib yuring

Muhim sana, ism va telefon raqamlari tezda yodingizdan ko‘tariladigan bo‘lsa, ularni bloknotga yozib yurishni odat qiling. Har safar kerak bo‘lganda ochib qarasangiz bo‘ladi, qolaversa, yozib olish jarayonining o‘zi ma’lumotni yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi.

So‘z o‘yinlari

Oila a’zolaringiz, do‘stlaringiz bilan biron xotirani charxlashga yordam beradigan so‘z o‘yinlarini o‘ynang. Bu yaxshi samara berishi va vaqtingizni samarali o‘tishiga yordam berishi aniq.

Takrorlang

Eshitgan yangi ma’lumotingizni xotiraga muhrlash uchun uni ovoz chiqarib, kamida 10 marta takrorlang. Maktab davringizda she’r yodlaganingizdek usuldan foydalaning.

Miyani charxlashga harakat qiling

Yangi til o‘rganing, do‘stlaringiz bilan kitoblarni muhokama qiling yoki krossvord yeching. Eng asosiysi dangasalik qilmang.

Muloqot qiling

E’tibor bergan bo‘lsangiz, volontyorlik bilan shug‘ullanadigan, ko‘p vaqtini oila a’zolari va do‘stlari davrasida ko‘p vaqt o‘tkazadiganlar ma’lumotlarni tez saqlab qoladi. Odamlardan uzoqlashmang, miya yangi ma’lumot va emotsiyalarga ehtiyoj sezishini unutmang.

Odatiy ishlarni qo‘llarni almashtirib bajaring

Vaqti-vaqti bilan odatiy ishlarni qo‘llaringizni almashtirib bajaring. Bu miyaning chap va o‘ng yarim sharlari uchun yaxshi mashq bo‘ladi.

Ovqatlanishga e’tibor bering

Noto‘g‘ri ovqatlanishdan xotira organizmning boshqa funksiyalaridan kam aziyat chekmaydi. Gap shundaki, “yomon” xolesterin va qon bosimi hamda qondagi shakar konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda qon-tomirlar shikastlanadi. Bu esa kognitiv qobiliyatning susayishi, xususan, xotira yomonlashishiga olib keladi.

Sport bilan shug‘ullanish

Doimiy ravishdagi jismoniy faollikda nafaqat tana, balki miyadagi qon aylanishi ham yaxshilanadi. Xotira yaxshi va ravshan bo‘lishi uchun kuniga 30 daqiqa sport bilan shug‘ullanish kifoya.

Zararli odatlardan voz keching

Chekish va spirtli ichimliklarni haddan ortiq iste’mol qilish qon-tomirlarga zarar yetkazib, insult va infarkt xavfini orttiradi. Zararli odatlar xotira va diqqat bilan bog‘liq muammolarga olib keladi.

Mavzuga doir:

  • Uyqu me’yorda bo‘lishi uchun nutritsiologlar iste’mol qilishni tavsiya qiladigan 13 mahsulot
  • Kutilmagan tarzda ruhiyatga ta’sir qiladigan mahsulotlar
  • Oshqozon-ichak tizimi uchun zararli 6 mahsulot
  • Qanday ichimliklar ozishga yordam beradi?
  • Ishlaymiz va ozamiz. Vazn yo‘qotish uchun ishda rioya qilish kerak bo‘lgan 4 qoida
  • Ozish jarayonida organizm duch keladigan 5 ta xatar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.