Salomatlik Ayollar uchun Qahva, asal va sous — sovitkichda saqlash kerak bo‘lmagan 15 mahsulot

Qahva, asal va sous — sovitkichda saqlash kerak bo‘lmagan 15 mahsulot

O'qildi: 255


Qahva, asal va sous — sovitkichda saqlash kerak bo‘lmagan 15 mahsulot

Sovitkich ilk bor 1913-yilda paydo bo‘lganiga qaramay, ko‘pchilik hali ham qanday mahsulotlarni unda saqlash kerakligi, qaysilarini esa qo‘yishga hojat yo‘q ekani haqida ma’lumotga ega emas.

Foto: “Domashniy ochag”

Avokado

Xona haroratida saqlansa, tezroq yetilgani sabab ham sovitkichda saqlash tavsiya qilinmaydi.

Rayhon, petrushka va kashnich

Ushbu ko‘katlarni gul singari suv solingan idishga qo‘ygan yaxshi.

Qizil bulg‘ori

Tarangligini yo‘qotishi va bo‘shashib qolishi mumkinligi sabab ham sovitkichda saqlamagan ma’qul.

Foto: “Domashniy ochag”

Bodring

Sovitkichda saqlangan bodring sersuv bo‘lib qoladi. Agar juda ham saqlagingiz kelsa, quruq turadigan konteynerga solib, keyin sovitkichga qo‘ying.

Konservalangan mahsulotlar

Marinadlangan bodring, pomidor va boshqa konservalangan mahsulotlarni sovitkichga qo‘yishga hojat yo‘q. Shkafda saqlasangiz ham bo‘ladi.

Piyoz va sarimsoq

Sovitkichda namlikni o‘ziga tortgani sabab ham piyoz va sarimsoqni quruq hamda qorong‘i joyda saqlash kerak. Faqat usti yopiq va yonida kartoshka bo‘lmasin.

Kartoshka

Sovitkichda tez aynib qolishi mumkinligi tufayli qog‘oz paketga solib quyosh tushmaydigan yerda saqlagan yaxshi.

Foto: “Domashniy ochag”

Banan

Yaxshilab yetilishi uchun bananlar xona haroratida saqlanishi kerak.

Mevalar

Ta’mi o‘zgarmasligi uchun quruq va qorong‘i yerda saqlagan ma’qul.

Sitruslar

Alohida konteynerda saqlang va ayniganini darhol olib tashlang.

Souslar

Achchiq, soyali souslar va ketchupni bir oy davomida xona haroratida saqlasa bo‘ladi. Yeyishga ulgurmay qolganingizdagina sovitkichga qo‘yganingiz yaxshi.

Foto: “Domashniy ochag”

Yeryong‘oq yog‘i

Yeryong‘oq yog‘ini sovitkichdan tashqarida 3 oygacha saqlasa bo‘ladi.

Asal

Turli qo‘shimchalarsiz tabiiy asal bo‘lsa, sovitkichdan tashqarida ham saqlasangiz bo‘ladi.

Shokolad va qahva

Ta’mi o‘zgarmasligi uchun qorong‘i va quruq joyda saqlash kerak bo‘ladi.

Baqlajon

Xona haroratida baqlajonlarni bir necha kun davomida saqlash mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.