Sport zalida voz kechish tavsiya etiladigan buyumlar
Hech kimga sir emaski, fitnes mashg‘ulotlari uchun yangi krossovka, sport kiyimi va boshqa buyumlar xarid qilish kelajakdagi ideal tana haqidagi orzulardan kam emas. Ammo sotib olishdan bosh tortish kerak bo‘lgan narsalar ham bor.
Foto: Sport LifeDezodorant-spreyAyniqsa, hidligidan voz kechish lozim. Kimdir allergiyaga ega bo‘lishi mumkin, kimgadir hidning o‘zi yoqimsiz, kimdir undan ham xushbo‘yroq dezodorant olib kelgan va kiyim almashtirish xonasi turli hidlar bilan to‘lgan. Roller yoki stik ham xuddi shunday vazifani bajaradi, lekin atrofdagilar uchun kamroq muammo tug‘diradi.
Atir
Hatto eng yangi va eng yengil sevimli ifor ham terining isishi va terlashni boshlaganda, yoqimsiz hidga aylanadi. Natijada badbo‘y hid hosil bo‘ladi.
Quloqchinlar
Mashinalarda musiqa bilan sayr yoki mashq qilish, aslida, yanada qiziqarli, lekin atrofdagilarga tinglanayotgan qo‘shiq eshitilmasligiga ishonch hosil qilish lozim.Katta quloqchinlar odatda kutilganidan ko‘ra ko‘proq ovoz chiqaradi.
Qo‘shimcha detalli sport kiyimiIp, taqinchoq, bant, arqon va mahkamlagichlar, birinchi navbatda, mashg‘ulotlarga xalaqit berishi mumkin. Ikkinchidan, bunday dizayndagi sport kiyimlari har doim noqulaylik tug‘diradi.
Yorqin rangli sport kiyimi
Ko‘pchilik yorqin sport kiyimlarini yaxshi ko‘radi, lekin o‘lchov hamma narsada yaxshi. Turli rangdagi libos o‘ziga xos kombinatsiyani yaratadi va bu hammaning diqqatini jalb etadi. Albatta, sport zalida bu ham biroz yoqimsiz holat.
Bir o‘lchamga kichik kiyim
Albatta, vazn kamayishi mumkin, lekin oldindan kichik o‘lchamdagi libosni kiyish tavsiya etilmaydi. Chunki bu mashg‘ulot jarayonida qiyinchiliklarni paydo qiladi. Tor va kichik kiyim badanda qon aylanishiga xalaqit beradi.
Krossovkalar
Sportchi bo‘lishni xohlaydiganlar to‘g‘ri poyabzal tanlashda sport do‘koni maslahatchisidan so‘rashi mumkin. Lekin hech qanday holatda krossovka olmaslik kerak: u mashg‘ulot uchun qulay poyabzal hisoblanmaydi. Shuning uchun ham mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.
Paxta matoli kiyimlar
Tabiiyki, bunga ko‘pchilik hayron bo‘ladi. Tabiiy matolar suyuqlikni yaxshi o‘zlashtiradi va sekin quriydi. Demak, sport bilan shug‘ullanayotgan odam doimo nam bo‘ladi.
Tana uchun skrablar
Fitnes klubda kiyim almashtirish xonasi va umumiy dush mavjud. Albatta, u yerning skrabidan foydalanmaslik kerak. Chunki bu gigiyena bilan ham bog‘liq.
Manba