Tushkun kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradigan tavsiyalar
Har doim yaxshi kayfiyatda bo‘lishning imkoni yo‘q. Kayfiyat ham tana a’zolari kabi yomonlashishi mumkin. Nima uchun bosim ko‘tarilishi mumkin-u, lekin kayfiyat emas?
Foto: PinterestBu holat uzoq davom etmasa, qo‘rqinchli emas. Agar tez-tez, sababsiz kayfiyat tushib ketsa yoki doimo tushkun holat kuzatilsa, ichki muvozanatni saqlash vaqti keldi.
Qanday qilib kayfiyatni ko‘tarish mumkin?
Tabassum qiling
Eng oddiy retsept. Albatta, buning uchun yurakdan kulish kerak, lekin sababsiz kulish – ahmoqlik alomati deb bilishadi. Bunga sabab ham topish mumkin. Eng oson yo‘li – komediya tomosha qilish. Bunday paytda yostiq va bodroq yordamga keladi, inson esa o‘ziga erkinlik berishi kerak.
Yig‘lab oling
Yig‘lab olish – chiqish yo‘li hamdir. Ko‘z yoshlarning ham chiqib ketishiga imkon berish kerak. Aytgancha, bu tushkunlikni va to‘plangan asabiy taranglikni mukammal olib tashlaydi. Ha, ba’zida havo yetishmaydi. Xuddi biror narsa to‘sqinlik qilgandek tuyuladi. Keyin “Titanik” yoki “Xatiko”ni tomosha qilib, yig‘lab yuborish mumkin. Albatta, ro‘molchani tayyorlab qo‘yish zarur.
Sayr qiling
Bilasizmi, ichki havo tashqaridagidan o‘rtacha besh baravar iflos va o‘n baravar zaharli. Doim bir xonada bo‘lish tom ma’noda kayfiyatga ta’sir qiladi. Albatta, derazani ochish orqali xonani doimo shamollatish mumkin. Lekin tez-tez sayrga ham chiqish foydali. Yurish haqiqatan ham shifo beradi. Yurayotganda yerga emas, osmonga qarashga harakat qilish lozim. Daraxt, uylar, odamlar, poyezd. Faqatgina atrofni tomosha qilib, zavqlanish zarur.
Xohlagan yegulikni iste’mol qiling
Aynan shu davrda yengillik huquqiga ega bo‘lish mumkin. Agar diyetada bo‘lsangiz ham. Ovqat pishirishning yanada ilhomlantiruvchi usullarini tanlang, ziravorlar qo‘shing, taomni chiroyli qilib bezang... Oshxona dunyosi bilan bo‘lgan muloqotning kichik daqiqalari yorqin va yoqimli bo‘lsin. Axir ovqatlanish – hayotdan zavqlanishning eng oson usullaridan biri.
Chiroqni yoqing
Ha, ba’zida arzimas narsalar ham yomon fikrlarni tarqatishi va qalbda o‘rnashgan qorong‘ilikni yoritib yuborishi mumkin. Bu, ayniqsa, tashqarida havo bulutli bo‘lganda, hatto kunduzi ham ish beradi. Antidepressantlarga pul sarflamaslik uchun elektr energiyasini bir muddat tejamaslik kerak. Kichkina chiroqlar uyni har tomondan yoritib tursin.
Uxlashga yotish
Bu klassik odat. Har qanday tushunarsiz vaziyatda uxlashga harakat qilish lozim. Chunki “Tong kechdan ko‘ra dono”, “Uyqu doridan qimmatroq” – ajdodlar dam olish haqida ko‘p narsani bilishgan. Darhaqiqat, har qanday stressli vaziyatda uyqu eng yaxshi dori ekanligi isbotlangan. Yostiqni quchoqlaganda, ong barcha salbiy narsalarni qayta ishlaydi.
Vitaminlar iching
Ba’zida befarqlik, stress, kayfiyat o‘zgarishi sababi asosiy vitamin yoki minerallarning yetishmasligidandir. Albatta, o‘z-o‘zini davolashdan ko‘ra tanadagi ma’lum bir vitamin darajasini tekshirish foydaliroq.
Odamlar bilan muloqot qiling
Qiynayotgan muammoni hal qilishning ajoyib usuli – bu gapirish. Buni baland ovoz bilan amalga oshirish kerak. Siz bilan nima bo‘lganini begona odam bilan tahlil qiling. Albatta, yaqin odam bo‘lishi shart emas, ba’zida yo‘l-yo‘lakay gaplashish ham mumkin. Yana boshqa chiqish yo‘li bor. Endi sizdan ham battarroq odamni toping va unga yordam bering. Va u bilan muammolari haqida gaplashing. Ishoning, bunday suhbatdan keyin ichki osmoningizda ko‘plab bulutlar tarqab ketadi.
Sevimli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullaning
Sevimli mashg‘ulot qanday yaxshi?! Ma’lum bo‘lishicha, bu orqali yuksaklikka erishish mumkin. Raqsga tushish, rasm chizish, tikish, shirinlik pishirish, qo‘shiqlar kuylash mumkin. Agar bu sizni ilhomlantirsa, hayotdan quvonch topishning eng yaxshi usuli.
Ishlarni tartibga soling
Nafas olish va dam olishni jismonan bilmaydigan, tabiatan asabiy charchoq holatiga olib keladigan faol tabiatli insonga juda mos keladi. Ehtiyotkorlik bilan tozalash kabi meditativ jarayonni sinab ko‘ring. Faqatgina umumiy tozalash bilan adashtirmaslik zarur.
Barcha tortma, javon, sumka, zargarlik buyumlari, kosmetik sumkalarini tinch va osoyishta tartibda ajratib oling... Eski va keraksiz narsalarni tashlash tavsiya etiladi. Shaxsiy xonani qanday qilib yaxshiroq bezatish mumkinligini o‘ylab ko‘ring. Buning barchasi o‘z-o‘zidan tushkun kayfiyatni tarqatib yuboradi.
Manba