Oyoqlar terlashini bartaraf etishga yordam beradigan 7 tavsiya
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, Yer yuzidagi 5 foiz odam oyoqlarining terlashidan aziyat chekadi. Yozda bu yoqimsiz holatning kuzatilishiga jazirama, sovuq kunlarda esa oyoqni issiq tutish bilan birga, havo o‘tkazmaydigan poyabzallarda kun bo‘yi yurish sabab bo‘ladi.
Foto: “Domashniy ochag”Poyabzal va paypoqni to‘g‘ri tanlang
Rezina va plastikdan ishlangan poyabzallar oyoqni issiq tutgani bilan, havo o‘tkazmagani hisobiga oyoq terlaydi va hidlana boshlaydi. Shu sabab ham tanlayotganda e’tibor berishni unutmang. Paypoq borasida esa namlikni yutuvchi variantlar ayni muddao. Jun matosidan tikilgan paypoqlar oyoqni issiq tutish bilan birga, namlikni o‘ziga olgani sabab ham aynan ularni xarid qilish tavsiya qilinadi.
Prisipkadan foydalaning
Prisipka hujayralardan teri ajralishi bilanoq namlikni bartaraf qilib, oyoqlarni quruq saqlaydi.
Antiperspirantlarni ham esdan chiqarmang
Oddiy sharchali antiperspirantli-dezodorantdan oyoqlar uchun ham foydalansa bo‘ladi. U teri bezlarni bloklaydi va suyuqlik ajralishiga xalal beradi. Tananing issiqlik nazoratiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligi sabab esa undan foydalanish borasida me’yorni bilish tavsiya qilinadi.
Gigiyenaga rioya qilishni unutmang
Terlash jadallashadigan bo‘lsa, oyoqlarni kuniga kamida ikki marta yuvish hamda sovun yoki tarkibida evkalipt yoki choy daraxti bo‘lgan boshqa vositadan foydalanish kerak. Antibakterial xususiyatga ega bo‘lgan mazkur o‘simliklar yoqimsiz hid anqishiga sabab bo‘ladigan mikroblarni yo‘q qiladi.
Oyoqlar uchun vanna qiling
Biroz soda yoki damlangan qora choy qo‘shilgan iliq suvga oyoqlarni 20 daqiqa davomida solib o‘tiring. Ular kuchli antibakterial ta’sir ko‘rsatadi. Choyda, shuningdek, poralarni toraytirib, ortiqcha terlamaslikka olib keladigan taninlar mujassam bo‘ladi.
Kelib chiqish sabablarini aniqlang
Terlash aynan qaysi mahsulotlar iste’molidan keyin yoki aynan nimaning turtkisida ko‘proq kuzatilayotganiga e’tibor bering.
Suyuqlik ichishni kanda qilmang
Suyuqlik qancha kam ichilsa, terlash shunchalik kuchli bo‘ladi. Gap shundaki, yetarli darajada suyuqlik qabul qilinmaganda organizm birdaniga qiziydi va bunda teri bezlari sovitish uchun faol ishlay boshlaydi. Shu sabab ham ko‘proq suv ichishga hamda oyoqlaringiz quruq bo‘lishiga e’tibor qarating.
Manba