Salomatlik Ayollar uchun Tishlar nima sababdan rangini o‘zgartiradi? Muammoni qanday bartaraf etish mumkin?

Tishlar nima sababdan rangini o‘zgartiradi? Muammoni qanday bartaraf etish mumkin?

O'qildi: 319


Tishlar nima sababdan rangini o‘zgartiradi? Muammoni qanday bartaraf etish mumkin?

Nima uchun tishlar rangini o‘zgartiradi?Bunga qarshi qanday kurashish mumkin? Quyida ushbu hodisaning bir nechta sabablari va vaziyatni tuzatishga yordam beradigan maslahatlar mavjud.

Foto: “Domashniy ochag”

Tishlarni tez-tez chayish

Og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lak tishlarni mukammal himoya qiladi va ortiqcha kislota hamda oziq-ovqat qoldiqlarini yuvadi. Og‘izni maxsus vositalarda chayish yaxshi, lekin ayrim suyuqliklarda kislota mavjud bo‘lib, bunda tish emali zararlanadi. Agar og‘iz bo‘shlig‘ida badbo‘y hid paydo bo‘lsa, tishlarni avvalgidan ko‘proq yuvish yoki professional tozalash uchun tish shifokoriga borish tavsiya etiladi.

Nordon meva va sabzavotlarni ko‘p iste’mol qilish

Misol uchun, sitrus mevalar, pomidor, ananas, ba’zi ichimliklar, salatlarga qo‘shiladigan sirka – bularning barchasini ratsiondan chiqarib tashlashga hojat yo‘q, uni suv bilan yuvish kifoya. Qora choy va sharob ichgandan keyin og‘izni suv bilan chayish ham foydalidir.

Tez-tez qahva ichish

Buning, albatta, foydali tomoni ham bor, lekin emal uchun emas. Tishlardagi qahva qoldiqlari vaqtida cho‘tka bilan yuvilmasa, tishlarning oq rangi tez orada o‘zgaradi. Ushbu tavsiya qahvani kam ichadiganlarga ham tegishli. Rad etishning hojati yo‘q, qahvani kam yoki ko‘p ichish ahamiyatli emas, muhimi tishlarni tezroq tozalashda.

Chekish

Sigareta va tamakilardagi kimyoviy moddalar tish emalini yo‘q qiladi, shuningdek, so‘lak ishlab chiqarishni kamaytiradi va milkka zarar yetkazadi.

Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilmaslik

Tishlarni kuniga ikki marta yuvishdan tashqari, tish iplari yoki hech bo‘lmaganda tishkovlagichdan foydalanish kerak. Ayniqsa, yiliga bir marta tishlarni mukammal tozalash uchun stomatolog huzuriga tashrif buyurish lozim.

Tishlarni juda qattiq ishqalash

Tishlarni cho‘tkalashda bosim va tezlik ularga yordam bermaydi, balki zarar yetkazadi. Bu, ayniqsa, pastada kuchli moddalar bo‘lsa(asosan, arzon sifatsiz pastalarga tegishi)yaqqol seziladi. Shu tariqa tish emaliga zarar yetadi. Shuning uchun tishlarni shoshmasdan, uzoqroq vaqt davomida cho‘tkani yengil harakatlantirib yuvish kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.