Qaysi biri zararli — olma yoki shokolad? Tish salomatligi haqidagi ko‘pchilik ishonadigan yanglish fikrlar
Ilm-fandagi yutuqlarga qaramay, tibbiyotda hali ham ko‘plab tasdiqlanmagan ma’lumotlar mavjud, jumladan, yer yuzida eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lgan kariyes haqida. “Domashniy ochag” nashri eng mashhur yanglish fikrlar va tishlarga qanday qilib oqilona g‘amxo‘rlik qilish borasida so‘z yuritdi.
Foto: “Domashniy ochag”Odatda maqolalar ko‘pincha nima sog‘lom va nima noto‘g‘ri ekanligi haqida tushunchalarni beradi va ularning orasida tishlar haqida ko‘plab yanglish fikrlar mavjud. Xo‘sh, bunga tish shifokorlari nima deydi?
Kariyes faqat shirinliklar tufayli paydo bo‘ladi
Ushbu ma’lumot aslida o‘z tasdig‘ini topmagan. Tish chirishining sababi shirinlik va shokoladlardan emas, balki tishlar orasiga tushgan oziq-ovqat qoldiqlaridandir. Ajablanarlisi shundaki, olmali qand tishlarning yemirilishiga olib kelishi mumkin. Bunday xulosalar Britaniya stomatologiya assotsiatsiyasi mutaxassislari tomonidan qilingan. Kariogen deb ataladigan mahsulotlarga murakkab uglevodlar kiradi. Sog‘lom tabassumni saqlab qolish uchun stomatologlar profilaktikaga kompleks yondashuvni tavsiya qiladi:
- yiliga kamida ikki marta shifokorga majburiy tashrif;
- ertalab nonushtadan keyin va kechki ovqatdan keyin kamida ikki daqiqa davomida tishlarni cho‘tkalash;
- ovqatdan keyin darhol og‘iz yuvish, tish iplari va shakarsiz saqich chaynash;
- kasalliklarining oldini olish uchun qo‘shimcha vositalardan foydalanish.
Kariyes hatto butunlay sog‘lom odamda ham paydo bo‘lishi mumkin. Shuni esda tutish kerakki, kariyes bilan kasallangan tish organizmdagi surunkali infeksiyaning manbai bo‘lib, kelajakda yurak-qon tomir tizimi va bo‘g‘imlarning kasalliklarini, shuningdek, allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun, Yel universiteti mutaxassislari kariyes pnevmoniyaga olib kelishi mumkinligini isbotladi. Rivojlangan pnevmoniya tufayli ko‘proq kasalxonaga yotqizilgan odamlarning og‘iz bo‘shlig‘i — tish va milklari pnevmoniya bilan kasallanmaganlarga qaraganda yomonroq ekanligi aniqlandi. Muammoning oldini olish uchun yiliga kamida uch marta tish shifokoriga tashrif buyurish va bolalarga erta yoshdan boshlab og‘iz bo‘shlig‘ini to‘g‘ri parvarish qilishni o‘rgatish lozim.
Agar tishlar og‘rimasa, demak sog‘lom
Yashirin kariyes juda keng tarqalgan bo‘lib, u tishlar orasida paydo bo‘ladi, uning dastlabki bosqichi og‘riqsizdir va noqulaylik kariyes allaqachon tish to‘qimalariga chuqur ta’sir qilganligining belgisidir. Bundan tashqari, har bir insonning og‘riq chegarasi individualdir, ya’ni shifokor kasallikning o‘chog‘ini qanchalik tez aniqlasa, oqibatlarini bartaraf etish shuncha oson bo‘ladi.
Tish pastasi qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi
Tish kasalliklarining oldini olish uchun tish pastasi miqdori emas, tishlarni qanchalik yaxshi yuvish muhim. Albatta, hamma tishlarni cho‘tkalashning asosiy qoidalarini biladi: taxminan uch daqiqa davomida cho‘tkani 45 daraja burchak ostida, yuqoridan pastga yoki aksincha harakatlantirish kerak.
Kariyes zamonaviy insonning muammosidir
Tosh davri qahramonlarining gollivudcha dabdabali tabassumini ko‘rsatadigan filmlarga ishonmang. Arxeologlarning ta’kidlashicha, miloddan avvalgi 3000-2000 yillarda yashagan odamlar ham kariyesdan aziyat chekishgan. Bugungi kunda kariyes boshqa kasalliklar orasida yetakchi hisoblanadi, odamlarning 99 foizi u bilan tanish.
Muammoning oldini olish uchun tishlarni qanday qilib to‘g‘ri yuvish kerak?
Aytgancha, tishlarni qanday qilib to‘g'ri yuvish kerakligini tushuntirish va ko‘rsatishning eng yaxshi usuli — bu bolalar multfilmlaridir. “Fiksiklar”ning qahramonlari buni aniq ko‘rsatgan va bu hatto kattalar uchun ham foydalidir.
Mavzuga doir:
- Sog‘lom tishlar va mustahkam suyaklar: kalsiyga boy 10 ta mahsulot
- Tishlar va gaymorit: ularning qanday bog‘liqligi bor va birinchi navbatda nimani davolash kerak?
- Faqat og‘riganda emas: tish shifokoriga darhol borish kerak bo‘lgan simptomlar
Manba