Bolalar massaji haqida 6 ta savol: ekspert javob beradi
Yaxshi mutaxassis yoki maxsus tayyorlovdan o‘tgan onalar tomonidan qilingan massaj kichkina bolalar uchun juda foydali.
Foto: “Detstrana.ru”Biz asosiy savollarimizni shifobaxsh jismoniy tarbiya shifokoriga berdik va bolaga zarar yetkazmaslik uchun massajni qanday va qachon olish kerakligini bilib oldik.
Savollarga ekspert osteopatiya doktori, massajist, reabilitolog va shifobaxsh jismoniy tarbiya shifokori Yelena Borisovna Xabarova javob beradi.
Sog‘lom bolaga massaj kerakmi?Ha, kerak. Sog‘lomlashtiruvchi massaj mushaklar va yurak-tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Emotsional fonni normallashtiradi, hazm qilish, uyqu, immunitetga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, sanchiqlarni kamaytiradi.
Massajni necha yoshdan boshlash kerak?Tug‘ilgandan bir haftadan keyin. Va buni har qanday yoshda, ayniqsa faol o‘sish davrida davom ettirish mumkin.
Massajga kim yo‘llanma berishi mumkin?Sog‘lomlashtiruvchi massajga bolalar shifokori yo‘llanma beradi. Davolovchi massajni esa kasallik aniqlangan holatlarda mutaxassis shifokorlar tavsiya qilishi mumkin.
Qanday muammolarni massajsiz hal qilib bo‘lmaydi?Massaj bo‘yin qiyshiqligida, tonus past yoki yuqori bo‘lganda, maymoqlikda, sanchiqlarda, ko‘p kasal bo‘lishda kerak bo‘ladi.
Qanday hollarda massaj mumkin emas?Surunkali kasalliklarning zo‘rayish davrida, harorat yuqori bo‘lganda, ahvol yomonligida. Chala tug‘ilgan, vazni kam bo‘lgan chaqaloqlarni ham massaj qilish mumkin emas.
Massajni kunning qaysi vaqtida qilish yaxshiroq?Jiddiy farqi yo‘q. Lekin, agar bola kechqurun qilingan massajdan keyin haddan tashqari asabiy bo‘lsa, yomon uxlasa, unda yaxshisi mashg‘ulotlarni ertalabga ko‘chirgan ma’qul.
Manba: “Detstrana.ru”
Manba