Salomatlik Salomatlik Yozda ayollar ko‘proq iste’mol qilishi kerak bo‘lgan 8 mahsulot

Yozda ayollar ko‘proq iste’mol qilishi kerak bo‘lgan 8 mahsulot

O'qildi: 271


Yozda ayollar ko‘proq iste’mol qilishi kerak bo‘lgan 8 mahsulot

Yoz fasli sog‘lom ovqatlanishga o‘tish uchun ayni muddao. Barra sabzavot va mevalar yetarlicha bo‘lgani sabab ham bunday jazirama haroratda bulochka o‘rniga tarvuz yoki shaftoli yesa bo‘ladi. Yana qaysi mahsulotlarni kanda qilmaslik haqida esa quyida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Olcha va gilos

Yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan antotsianinlarning koni bo‘lgan olcha va gilos turli kasalliklar, xususan, saraton va yosh bilan bog‘liq demensiyaning kelib chiqish xavfini kamaytiradi.

Yong‘oq

Tadqiqotlarda muntazam ravishda iste’mol qilish sut bezi saratoni xavfini kamaytirishi aniqlangani sabab ham yong‘oqni, ayniqsa, ayollar kanda qilmasligi tavsiya qilinadi. Qolaversa, yarim to‘yingan yog‘ kislotalari, foydali kletchatka va antioksidantlar yurak va qon tomirlar salomatligi uchun ham foydali.

Pomidor

Pomidor tarkibidagi likopin va ozuqa moddalari kasalliklarga qarshi kurashib, ayollarga xos ayrim saraton turlari hamda yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi. Qolaversa, ushbu sabzavotda teri salomatligi va yoshligini ta’minlovchi tabiiy kollagen bisyor. Faqat unga o‘simlik yog‘i qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Undagi foydali moddalar aynan yog‘ bilan yaxshi eriydi.

Tarvuz

Insonning suyuqlik va namlikka bo‘lgan ehtiyoji yozda har qachongidan ham yuqori bo‘ladi. Tarvuz esa suvni o‘zida mujassam qilgan mahsulotlar orasida chempion hisoblanadi. Qolaversa, unda yurak uchun muhim bo‘lgan kaliy va hujayralarni shikastlanishdan saqlaydigan antioksidantlar ko‘p.

Mevalar

Qancha ko‘p meva iste’mol qilsangiz, organizmdagi tabiiy himoya shunchalik yaxshi bo‘ladi. Ularning deyarli barchasida xavfli o‘simtalarning kelib chiqishining oldini olishga yordam beradigan foydali moddalar antotsianinlar mo‘l bo‘ladi. Aynan shu sabab ham har kuni malina, shotut yoki shunga o‘xshash boshqa mevalarni yeyishni kanda qilmaslik kerak.

Ko‘k choy

Yoz kunlarida yaxna ko‘k choydan yaxshisi bo‘lmaydi. Mazkur ichimlik nafaqat organizmni tetiklashtiradi, balki yurak uchun ham foydali. Tarkibidagi antioksidantlar teri hujayralarini ultrabinafsha nurlaridan shikastlanishdan saqlaydi.

Olxo‘ri

Kaliy, K vitaminining koni hisoblangan ushbu meva, ayniqsa, menopauza davrini boshdan kechirayotgan ayollar uchun muhim. Tadqiqotlarda, qora olxo‘rini muntazam ravishda iste’mol qilish suyak massasi kamayishining oldini olishga yordam berishi aniqlangan.

Rukkola

Suyaklarni mustahkam va baquvvat qiladigan rukkola, osteoporoz va suyaklar massasi kamayishining oldini oladigan K vitamini manbayi. Aynan shu sabab ham uni yeyishni kanda qilmaslik kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.